HINDISTON
Hindiston deganda koʼpchilikning yodiga ziravorlarning muattar hidi va Budda keladi, lekin bu zamondoshlarimiz uchun saqlanib qolgan noyob hind merosining kichik bir qismi. Ushbu sharqiy mamlakat ekzotik oʼsimlik dunyosi, muqaddas ibodatxonalar bilan bezatilgan, oʼziga xos urf-odatlar va afsonalarga ega. Har bir sayyoh uchun Hindiston oʼzgacha bir dunyo. Baʼzilar yoga bilan shugʼullanish uchun, boshqalar esa Goa kurorti plyajlarida dam olish, hind tibbiyoti bilan tanishish va spa-muolajalardan orom olish uchun ushbu mamlakatga kelishadi. Hindiston tarixiy va madaniy obidalari bilan kishini lol qoldiradi. Lotos ibodatxonasi, Hindiston Darvozalari, dunyo moʼʼjizalaridan biri Toj-Mahal, Humoyunning oq marmardan ishlangan maqbarasi va boshqa koʼplab ajoyib bunyodkorlik namunalari sayyohlarni oʼziga tortishi aniq.
Hindiston boʼylab sayohat yil sayin avj olib bormoqda, chunki har bir inson osoyishtalik, orom, huzur-xalovat ogʼushiga tushishni va sirli sivilizatsiyani koʼzdan kechirishni orzu qiladi. Hind madaniyatidan eng yaxshisi oktyabrdan mart oylariga qadar bahramand boʼlgan maʼqul, Hindiston boʼylab sayohat qilish uchun eng yaxshi davr esa noyabrь va dekabrь oylari hisoblanadi.
Hindistonda dam olish koʼp qirralidir, lekin qaysi yoʼnalishni tanlamang, bu sizga olam-olam quvonch olib keladi.