Tailandda dam olish

TАILАND

Tailand Qirolligi – tropik iqlim, boy botanika bogʼlari, ajoyib tay oshxonasi, guruch plantatsiyalari, ibodatxona va masjidlar mamlakati.

Tailand mehmonxonalari Osiyodagi eng arzon mehmonxonalar deb topilgan, biroq bu xizmat koʼrsatish darajasiga aslo taʼsir koʼrsatmagan. Tailandda butun dunyodan koʼplab sayyohlar tashrif buyurishi uchun bir nechta eʼtiborga molik tarixiy yodgorliklar mavjud. Shulardan biri besh tonnadan ortiq ogʼirlikka ega sof tilladan quyilgan haykal mavjud boʼlgan Oltin Budda ibodatxonasi. Shuningdek, Qirollik poytaxti Bangkokdagi ibodatxonalar kompleksida boshqalardan ajralib turuvchi oʼziga xos yotgan Budda haykali ham mavjud. Haykallardan tashqari, Tailand poytaxt yaqinida joylashgan Pushti rang bogʼ, oʼziga xos «Suzuvchi bozor», mamlakatning eng baland qadimiy imorati – Chedi bilan ham mashhur. Tailand tarixi koʼplab sirli afsonalarga boy. Misol uchun, suvlari shifobaxshlik xususiyatiga ega boʼlgan mashhur koʼllardan biri tovon shaklini eslatib, qadimiy rivoyatlarga koʼra, mahalliy aholi buni Buddaning izi deb hisoblaydi. Koʼplab sayohlarni dayving va turli koʼngilochar oʼyin-tomoshalar uchun ajoyib sharoitga ega Pattayi, Pxuket va Samuy orollarining xushmanzara plyajlari oʼziga jalb etadi. Ushbu mamlakatga tashrif buyurish uchun qulay davr noyabrь va mart oylari oraligʼi hisoblanib, bu vaqtda harorat 25–30 °S gacha isiydi va namlik pasayadi.

Tailandda dam olish nisbatan arzon, yorqin, koʼplab yangi his-tuygʼu va ilmiy ekskursiyalarni kashf qiluvchi unutilmas onlar.

Tailandga safar qadimiy afsonalarning bir qismiga aylanishni orzu qiluvchilar, sokin plyajlarda dam olish, daromadli shoping tarafdorlari uchun maqbul tanlov.