Meksika – qiziqarli va sirli mamlakat.

MEKSIKА

Meksika – qiziqarli va sirli mamlakat. Аgar siz oʼzingiz uchun tarixdan ajib yangiliklarni kashf qilishni va mehmondoʼst mahalliy aholi bilan tanishishni xohlasangiz, buni uzoqqa choʼzmang! Qadimiy Mayya sivilizatsiyasi davrida qad rostlagan mahobatli piramidalar, yoqimli milliy taomlar – guakamole, kesadelьyu, faxitas va hattoki haqiqiy kaktusdan tayyorlangan salat – bularning barchasi sizni Meksikada kutmoqda. Va albatta plyajdagi hordiq, sershovqin karnavallar va salьsa raqsini oʼrganib olish uchun ajoyib imkoniyat. Mabodo siz Meksikaga borgan boʼlsangiz, togʼli daryolarda qayiqda sayohat qilishingiz, Yukatan gʼorlariga tushishingiz va ushbu noyob davlatning tabiatidan bahramand boʼlishingiz mumkin. Shuningdek, Teotukan va Tasko – haqiqiy arxitektura yodgorliklari, oʼzining saroylari bilan nom qozongan Pueyulo kabi yirik shaharlarni borib koʼrish maqsadga muvofiq. Balki aynan siz siru sinoatga boy Palenke shahrining jumbogʼini yecharsiz?!


Umuman olganda, Meksikaga dekabrdan aprelgacha borgan maʼqulroq – bu oylar quyosh va kam sonli yomgʼirlar bilan kishini xursand qiladi, demak, plyajda toblanish va sizni qiziqtirgan barcha obidalarni koʼrishga ulgurasiz. Meksika boʼylab oilaviy dam olishingiz mumkin, bordiyu bunday imkoniyat boʼlmasa, bir oʼzingiz ham bu ishni amalga oshirsangiz boʼladi – meksikaliklar mehmonlarni xush koʼrishadi va sizni mehmondorchilik, gʼamxoʼrlik va eʼtibor bilan qarshi olishadi. Shu sababli siz aslo yolgʼiz qolmaysiz!