AYRILIQ HAQIDA SHERLAR

Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi
Tun cho’kib borliqni domiga yutdi.

Kimdur meni eslab, kimdur unutdi.

Yuragim eridi shirin tush kabi,

Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi.
Men seni sevardim, sevaman hamon



Yo’q seni unitmoq emasdur oson.

Qalbimni o’rtaydi hali ham hijron.

Yurakda bir tuyg’u uradi hamon,

Men seni sevardim, sevaman hamon

AYRILIQ HAQIDA SHERLAR
Sog’inch-Ayriliq haqida sherlar
Sensizlikka o’ganib qoldim

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,

Ungacha ayriliq o’tida yondim.

Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,

Endi sensizlikka o’rganib qoldim.


Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,

Misli bir azobsan yarim jonimda.

Endi iloji yo’q qaytish yoninga,

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.


Endi faqat va’dalaring qiynar meni,

Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.

Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,

Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.


Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,

Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.

O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,

Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.


Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,

Allox guvox chin dilimdan sevgandim.

Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,

Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.


Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,

Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.

Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.


Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,

Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.

Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,

Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.


SMS yozsangu, yozmasa yomon

Birovni sevsangu sevmasa yomon

Kimnidir kutsangu kelmasa yomon.

Hajrida yonsangu bilmasa yomon

SMS yozsangu, yozmasa yomon.


O’lsam ham baribir sevaman seni!

Ko’zlarim ko’r bo’lsa, ko’rmasdim seni,

Yuragim tosh bo’lsa, sevmasdim seni,

Mayli xijron azobi qiynasin meni,

O’lsam ham baribir sevaman seni!