Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.
Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim,
Endi o‘qiymiz biz ham.
Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan,
O‘ynab kuldim har qachon.
Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam,
Xayr mehribon bog‘cham.
Maktabim
Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman,
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’glon!
Xayr bog’cha, salom maktab
Qo‘g‘irchoqlar xush qoling,
Salom aziz maktabim.
Shoshilyapman bag’ringa,
Quyoshday ravshan tabim.
—
Ustozim xali men,
Ko‘rmaganman sizni xech.
Shu kunlar da xayolning,
Mexmonisiz erta kech.
—
Ko‘rmasam xam taniyman,
Siz dunyoda eng dono.
Siz yaxshilar yaxshisi,
Siz otayu siz ona.
—
Orombaxsh quchog’ingda,
O‘sib ulg’ayib shodon.
Bugun bizlar yo‘l oldik,
Jonajon maktab tomon.
—
Xayr bog’cha tuzingni,
Oqlaymiz o‘qib alo.
Sizni eslab yuramiz,
Bog’cha Opa doimo.
—
Yiroqlashib bog’chajon,
Katamiz sendan.
Ukalarga qoladi,
O‘yinchoq bizdan.
—
Ko‘zlarida lim yoshi,
Juda kuchli bardoshi.
Bog’cha opam qoladi,
Uzoq o‘yga toladi.
Maktab chirog’i