Ota haqida judayam ma’noli she’r
Otang bor xovliga kirasan erkin.
Onang bor ilinar dasturxon to‘kin.
Ishongin birodar, ulardan keyin.
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga.
Otang xamda onang, bo‘lsalar xayot !
Qadirla ko‘p bora, etgin ziyorat.
Eshikni qoqasan, bo‘lib xijolat.
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga.
Quchog‘in keng ochib, kutsa xam ukang.
Palovlar pishirsa, kulib kelining.
Nimadir yetishmas, to‘lmaydi ko‘ngling.
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga.
Quloqqa kirmaydi, ukang gaplari.
Tamoqdan o‘tmaydi, pishgan oshlari.
Uyqu xam kelmaydi, qolsang tunlari.
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga.
Sog‘inasan axir, bolalik xovling.
Kulasan-u ammo, xijildir ko‘ngling
O‘zgarish yo‘q ammo, begona xovling.
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga.
Bu so‘zim tushunar, boshiga tushganlar.
Ularsiz xovliga, mexmon bo‘lganlar.
Mexmon bo‘l! Ko‘o‘p bora, xayot bo‘lsalar!
Iymanib qolasan, mexmon bo‘lishga
Saqlab oling va yaqinlarga xam ulashing!