Navro‘zim (bolalar uchun sher) Navro‘zimYerda shamol o‘rmalar,Ko‘kda uchar turnalar.Qir-adir-u, dala-dasht,Kamalakday turlanar,To‘ymaydi boqib ko‘zim,Xush kel, bahor, Navro‘zim!Qishni yengib chiqqan gul,Hayot darsin uqqan gul.Men bilaman, biz uchunSeni quyosh tuqqan, gul!Boychechagim – boy ro‘zim,Xush kel, bahor, Navro‘zim!Yeng shimarib, bel boylab,Raqibni obdon poylab,Kurash tushar bolakayPoy-poylab, goh “hoy-hoy”lab.Manglay to‘la yulduzim,Xush kel, bahor, Navro‘zim!O‘choqqa o‘t yoqqan qiz,Jamalaklar taqqan qiz.Sumalakka tosh tashlab,Kulibgina boqqan qiz.O, singlim, qaro ko‘zim,Xush kel, bahor, Navro‘zim!Oq terakmi, ko‘k terak,Bizdan sizga ne kerak?Qizg‘aldoq yo chuchmoma,Yasab beraymi varrak?Kulgi to‘la, shod yuzim,Xush kel, bahor, Navro‘zim!Bahodir HALIMOVmanba:gulxan.uz Sherlar / Davlatlar 80 1 2 3 4 5 Жалоба 677 0 16-04-2022, 12:43