Madhiya haqida sher eng sara sherlar to‘plami

O’zbekiston madhiyasi haqida eng sara, eng chiroyli she’rlar to’plami. Shu o’rinda bir malumot: 1992 yil 10 dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.


Davlat madhiyasi yangragan mahal

Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni.
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,
Yuraging doim o’z rostida tursin.

Davlat madhiyasi yangragan mahal…


Madhiyam — dunyo uzra kuylanib tur


Istiqloling abad bo‘lsin betakror,
Gar aytilsang, yurakni chulg‘ar bahor.
Navolaring o‘zgacha berur mador,
Tillo-yu, zar, bebaho dur, — Madhiyam!

Tor dunyoni aylarsan keng boshimga,
Parvo qilma, ko‘n iztirob yoshimga.
Butun dunyo kelsa hamki qoshimga,
Bo‘lgum mudom bir senga jo‘r, Madhiyam!

Sarhad bilmas nomus o‘zing, or o‘zing,
Kuylar bo‘lsam, qo‘limdagi tor o‘zing.
Har damimda bo‘lgan menga yor o‘zing,
O‘zbek elga milliy g‘urur – Madhiyam!

Osmonimga kelmas g‘ubor, bor bo‘lsang,
Armonim yo‘q, — agar milliard yosh ko‘rsang.
Senga sodiq Javohir Mirzo bilsang,
Yayra endi, qandingni sur, Madhiyam!


Madhiya — har kuni jaranglaysan


Xalqim yuragidasan.
Ezgu tilagidasan.
Omon bo‘l mangu bor bo‘l.
Elga hamroh bo‘l yor bo‘l.

Gulchehra Otamurodova.

Davlat Madhiyasi (qisqa she’r)


Yoshlar madhiyasi


Ajdodlardek yorugʻ yuz boʻlmoq uchun,
Nurlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Dunyo koʻrib qoʻysin biz yoshlar kuchin,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Bu kun jahon maydonida koʻp yoshlar,
Boʻlmoqdalar ajdodlarga munosib!
Ular yurtni marralar sari boshlar,
Beruniylar bosgan izlarni bosib!

Yurt bayrogʻin Kubroday mahkam tutib,
Yuksaklarga qadar uchgan yoshlarmiz!
Boradirmiz, turmaymiz baxtni kutib,
Har jabhada zafar quchgan yoshlarmiz!

Dunyo bilan barcha tilda birma-bir,
Tillashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Vatan qadrin birdamlik koʻtargaydir,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Botirjon Ergashev.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi


Mutal Burxonov musiqasi.
Abdulla Oripov she’ri.