Alisher Navoiy ruboiylari eng sara ruboiylar to‘plami

Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami — Alisher Navoiy mumtoz she’riyatning badiiy mahorat sirlarini puxta o‘rgangan buyuk shoirdir. Uning she’riyatida turfa xil badiiy san’atlar uchraydiki, ularni kengroq tadqiq qilish orqali shoir poetikasiga oid muayyan xulosalarga kelish mumkin. Xususan, Navoiy ruboiylarida qo‘llangan badiiy san’atlar palitrasi beqiyosdir.


* * *

Ul damki quyosh bottiyu sorg‘ordi shafaq,
Bazmingg‘a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni kuyg‘il mutlak,
Kim tongla erur tengri karimu barhaq.

* * *


Ber jomu ol, ey mug‘bacha, jonimni ivaz,
Qo‘sh tutqilu, ol ikki jahonimni ivaz.
Oni sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to‘k aning o‘rnida qonimni ivaz.

* * *

Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i,
Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.
Bilmon, unutulg‘onmu ekandur manga hajr,
Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i?


* * *

Chun xanjari hajring manga qat‘ etti hayot,
Bori g‘amu darding o‘qini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par o‘lub butsa qanot,
Toyir bo‘lubon yetgamen oxir sanga bot.

* * *


Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.

* * *

Ul durri saminki, bor edi ko‘zuma yosh,
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
G‘am tnrnog‘idin qilib qarog‘imni xarosh,
Yoshurg‘ay edim oni ko‘zum uyida kosh.


Gar oshiq esang, zebu takallufni unut

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O‘tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.


* * *

Ul ko‘zki, dame bo‘lmadi sog‘, ey qaroko‘z,
Qonimdin ichar mudom ayog‘, ey qaroko‘z.
Bilmonki, erur anga qarog‘, ey qaroko‘z,
Yo mast edi, qo‘ydi toza dog‘, ey qaroko‘z?

* * *

Ruxsori uza xollarin ul dilband
Ochti chu meni ko‘rdi base hojatmand.
Ayshimg‘a yamon ko‘z etmagay emdi gazand,
Xossaki, ul-o‘q bo‘lubtur o‘t uzra sipand.


* * *

Ko‘k po‘yavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorg‘oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog‘ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.

* * *

Qo‘rqutma meni tomug‘din, ey zohidi yax,
Jannat manga bo‘lg‘usi debon urma zanax,
Kim do‘zax oning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do‘zax.

Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos

Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o‘lturubon xumordin ayla xalos.


* * *

Ko‘nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin?
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho‘x ko‘runsa, ko‘zga ilmas, netaynn?
Bir sho‘xkim, ul tilar — topilmas, netayin?

* * *

Olam bor emish, Navoyiyo, sho‘rangiz,
Olam dog‘i el boshtin-ayoq rangomiz.
Ishq istar emish seni adam misri sari
Borg‘ilki, erur el tilagan yerda aziz.

* * *


Gul zikrin eshiturmenu yo‘q guldin asar,
Bu bog‘ eshigidin istaram oncha guzar,
Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bori isidin yetsa dimog‘img‘a xabar,

* * *

Budur tilagimki, ulki ma‘budung erur,
Tutkay seni ulyonki, sening sudung erur.
Ko‘nglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.


Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et,
Bizni dog‘i ul tavfg‘a boshla, karam et,
Bir doira ko‘yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog‘im, raqamingdvn qalam et.

* * *

Nomang yetibon topti ko‘ngul izzu sharaf,
Har lafzi bo‘lub murod durrig‘a sadaf.
Har satri alam cherikining daf‘i uchun
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.

* * *

Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin oning ichim to‘la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la‘li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la‘li javhari jonmu emas?!

* * *


Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam,
Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam.
Ko‘zlarni olishmoqqa chekib tig‘i sitam,
El ko‘zini ham o‘yg‘ayu o‘z ko‘zini ham.

* * *

Ko‘nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim g‘amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.

* * *

Har zulf xamig‘a qilma vobasta meni,
Har ko‘z havasidin etmagil xasta meni,
Har qosh tama‘ig‘a solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni.


Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘

Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘,
Kim mug‘bacha ishqidin qizig‘ bo‘lsa dimog‘.
Ul tutsa mug‘ona lahn ila har dam ayog‘,
Bosh olsam ayog‘idin, kerak boshima dog‘,


Ul damki, quyosh ayladi mag‘ribqa ruju‘,
Gar suhbat o‘shul quyosh bila topsa vuqu‘,
Xushtur qilmoq jom quyoshig‘a shuru‘,
Ul damg‘achakim, qilur quyosh jomi tulu‘.

* * *

Ham savmaa kunji shayxi tarrorg‘a bas,
Ham shayx yuzi zohidi hushyorg‘a bas,
Ham dayrda mastlig‘ meni zorg‘a bas,
Ham mug‘bacha vasli joni bemorg‘a bas.

* * *

Oxir dame umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy,
Kim hashrda mast o‘lay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.

* * *

Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba,
Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!


Yo‘q dahrda bir besaru somon mendek

Yo‘q dahrda bir besaru somon mendek,
O‘z holig‘a sargashtavu hayron mendek,
G‘am ko‘yida xonumoni vayroi mendek,
Ya‘niki, aloxonu alomon mendek.


Ey, joni habibu ko‘ngli ahbobg‘a lol,
Men ham qildim jonu ko‘ngulni irsol.
Ko‘nglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib ayog‘i tufrog‘ig‘a sol.

* * *

Masjidg‘a necha ahli riyodek yetayin,
Yo rind kibi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin,
Boshimni olib qay sori emdi ketayin?!

* * *

Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.

* * *

Umrung quyoshig‘a bermasun charx zavol,
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun bo‘lg‘il mahravishu mehrxisol,
Dahr ahlig‘a nurbaxshu farxunda jamol.

Kim aylasa soqiyi gulandom tama

Kim aylasa soqiyi gulandom tama‘,
Ilgidin oning sog‘ari gulfom tama‘,
Andin so‘ng agar taqviyu islom tama‘
Aylar esa ul mardak erur xom tama‘.


Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va‘daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.

* * *

Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Bergaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog‘.

* * *

Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli ramuzi osmon bo‘lsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi.

* * *

Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘on

Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘on,
Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘on.
Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘on.


* * *

Jonim aro o‘t la‘li suxandoning uchun,
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun,
Ko‘ksumda alif sarvi xiromoning uchun,
So‘zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.

* * *

Gul vaqti muyassar o‘lsa gulfom qadah,
Andin so‘ng tutsa bir gulandom qadah,
Man‘ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.

* * *

Mahbubg‘a e‘tiqod qilmoq bo‘lmas,
Andin talabi murod qilmoq bo‘lmas,
Ko‘zning qarosin midod qilmoq bo‘lmas,
Gar bo‘lsa bitik savod qilmoq bo‘lmas.

* * *

Yillar tutubon shayx maqolotig‘a go‘sh,
Ne ko‘ngluma zavq yetti, ne jonima jo‘sh.
Jonimg‘a navo soldiyu ko‘nglumga xurush,
Bir jur‘a bila mug‘bachayi bodafurush.

* * *


Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to‘la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig‘ o‘lg‘ay masalo.

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav bo‘lsa, ne tong, ey rahrav.
Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,
Yo‘q ayb musallosi oning mayg‘a garav.


* * *

Ahbob, dengizki, xonumondin tama‘ uz,
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama‘ uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama‘ uz,
Lekin demangiz muniki ondin tama‘ uz.

* * *

Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut,
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.

* * *

Berding manga dayr aro iqomat, ey mug‘,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug‘,
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug‘,
Yo rabki, hamisha bo‘l salomat, ey mug‘.

Zohid senu hur, manga jonona kerak

Zohid senu hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.


* * *

Bu qosid ishim ohu fig‘on ayladilo,
Bu ruq‘a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa‘b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig‘ ichim haloki jon ayladilo.

* * *

Har garmro‘yki, bo‘lg‘ay ul koshifi roz,
Maqsud harimi sori qilg‘ach parvoz,
Tong yo‘q, falak uzra aylabon jilvavu noz,
Na‘layni malakka bo‘lsa mehrobi namoz.

* * *

Yoshung‘on emish qaro bulutg‘a mohim,
Gardunni sovurmog‘lig‘ erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!

* * *

Ey ulki, so‘zung tushti habib ollida xo‘p,
Mendin yo‘lig‘a boshing qo‘yub, tufrog‘in o‘p,
Ahbobg‘a ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo ko‘ptin-ko‘p.

* * *

Kunduz ko‘rsang o‘zungni mahzun qadah ich,
Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.


* * *

Bir sori sorig‘ po‘lovu men tutsog‘ yo‘l,
Ne tog‘u, ne tuz desang, ne obodu, ne cho‘l.
Yirtuq kapanakdin chiqorib yalang qo‘l,
Ul qochsavu men qovsamu, men qochsamu ul.

Bo‘ldi mening o‘lmagimga savdo bois

Bo‘ldi mening o‘lmagimga savdo bois,
Savdog‘a havoyi jomi sahbo bois,
Sahbog‘a dog‘i dayru chalipo bois,
Bu barchag‘a ul dilbari tarso bois.


* * *

Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila menging yaxshi, saqog’ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi.

* * *

Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek,
O‘z holig’a sargashta-yu hayron mendek.
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxon-u alomon mendek.

* * *

Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.

Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo

Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to`la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig` o`lg`ay masalo.


* * *

Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

* * *

Jonimdagi ‘jim’ ikki dolingg’a fido,
Andin so’ng «alif» toza niholingg’a fido,
‘Nuni’ dog’I anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on iki nuqta ikki xolingg’a fido.

* * *

Dedim: Zaqaning tutub saqog’ingni o’pay,
Ko’z-qoshingga surtubon qabog’ingni o’pay,
Guldek yuzing islabon dudog’ingni o’pay,
Yo’q,yo’q,yo’q, agar desang,ayog’ingni o’pay.

* * *

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.

* * *

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O‘tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.


Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et

Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et,
Bizni dog‘i ul tavfg‘a boshla, karam et,
Bir doira ko‘yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog‘im, raqamingdvn qalam et.


* * *

Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.

* * *

Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Bergaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog‘.

Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq

Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.


* * *

Dedim zaqaning tutub saqog‘ingni o‘pay,
Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay,
Guldek yuzung islabon, dudog‘ingni o‘pay,
Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay.

* * *

O‘lsam yasamang munda mazorimni mening,
Yuklab eliting jismi figorimni mening.
O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,
Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening.

* * *

Ey ulki, zamona ahlidin ayrilding,
Ishq ahli tariqi xo‘b ekanni bilding.
Xush qilding, alar tavriniyu qotilding,
Rahmat sanga, yaxshi aylading, xush qilding.

* * *

Sadbarg, binafsha, yo‘qsa nargis, yo gul,
Ichmak bo‘lmas bular havosi bila mul.
To hajr yelidin o‘ldi oshufta dimog‘,
Yuz noxuna ko‘z ichravu yuz pora ko‘ngul.

G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum

G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum,
Dardu g‘amu mehnat ilgida zor o‘ldum.
Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum,
Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum.


* * *

Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘an,
Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘an.
Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘an.

* * *

Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,
Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Ko‘p bo‘lsa zarurat o‘lmayin shom ichma.

* * *

Ham jismingga za’f bo‘lsa jonim sadqa,
Ham joningga jismi notavonim sadqa.
Sarvingg‘a shikast o‘lsa ravonim sadqa,
Yo‘q-yo‘qki, sanga jonu jahonim sadqa.

Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli rumuzi osmon bo‘lsa kishi.
Yo oshiqi zori notavon bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi.

* * *

Furqat sahari g‘amg‘a yo‘liqturdi meni,
Hijron kuni yuz balog‘a topshurdi meni.
G‘am shomi o‘lum holig‘a yetkurdi meni,
Tong otqucha uyqusizlig‘ o‘lturdi meni.


* * *

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.

* * *

Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,
G‘am kishvari ichra darbadar qildi meni.
Andinki batar emas, batar qildi meni,
Jon olg‘ucha ne deyki, nelar qildi meni.