Yaxshilik haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Yaxshilik, ezgulik va yomonlik haqida sherlar to‘plami: Yaxshilik qalbimizdagi nur, yon-atrofimizdagi dunyo harakatlariga bo‘lgan nazarimizdir.

Yaxshilik qil odamga!

Bo‘lsa mol, dunyo puling,
Yetsa qay cho‘zsang qo‘ling.
Oq bo‘lsin ko‘ngil, diling,
Yaxshilik qil odamga.

Bo‘lsang buyuk mansabdor!
Bo‘lsin senda nomus, or!
Xech kimga berma ozor!
Yaxshilik qil odamga.

Noxaqlikka jim turma!
Ojizga yuzing burma!
Sharafsiz inson bo‘lma!
Yaxshilik qil odamga.


Go‘zal umur, xayot bo‘l,
qo‘lsizga qo‘l qanot bo‘l.
Umidsizga najod bo‘l!
Yaxshilik qil odamga.

Oqla avloding noming,
raxmat bo‘lsin xar oning.
Qara atrofing yoning!
Yaxshilik qil odamga.

Xusniddin bo‘lgin extiyot!
Xikmatga to‘lgan xayot.
Tarix bo‘lguin buyuk zot!
Yaxshilik qil odamga…!


Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!


Omad gohi kulib, gohi kulmasa,
Yaxshilik qilsangiz, birov bilmasa,
Boshingiz changallab, sochni yulmasdan,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Bahorda bog‘ingiz, gullamay qolsa,
Yozda oftob sizga, nur sochmay qolsa,
Qishda qora bulut, arimay qolsa,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Quvonchu shodlik ham, o‘tkinchi bunda,
Tun o‘rnini quyosh, olar har kunda,
Qiynalib, qiynalib, ketsangiz shunda,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Oyning yarmi yorug‘, yarmi zimiston,
Qurigan bog‘ bir kun, bo‘ladi bo‘ston,
Dardingiz xammaga, qilmay dasturxon,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!


Har neda bir hikmat! Aytgan donolar,
Sabr qilsa oltin, kelar tillolar,
Tangriga yolvorib, qilib duolar
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim
Xammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling


Savobga ishlating bo‘lsa pulingiz.
Sahovat yo‘lida ochib qo‘lingiz.
OLLOHIM beradi risq nasibangiz.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Yetim bolalarning silang boshini.
Yig‘lagan ko‘zlarning arting yoshini.
Muhtojga uzatib yordam qo‘lini.
Qo‘lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim


Ko‘p kunlarni ko‘rgandik birga,
Qancha niyat tukkandik dilga,
Chiqqan edik biz katta yo‘lga,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.

Kimgadir qo‘l bersang eng avval,
Otasini surishtir har gal,
Zoti pastning qadami xatar,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.

Men yiqilsam, qochib ketganda,
Sirlarimni ochib ketganda,
Xiyonatlar jondan o‘tganda,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.

Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim,
O‘chmas endi dildan jarohat.
Qayda qoldi vadalar ahdlar,
Qayda qoldi mehru oqibat.

Qalbi og‘rib Ahad Qayumni,
O‘ylab qoldim, nima ham derdim.
O‘yib ketdi kuygan bag‘rimni,
Yaxshi do‘stdan yomonlik ko‘rdim.


Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin

Yomon bo‘lsam

Boylik dardi sizda bo‘lsa,
Mendan biroz ko‘ngil uzing.
Gar giybatlar yomon desa,
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Ko‘p yaxshilik qilganim rost.
Do‘stga sodiq bo‘lganim rost.
Yomondan yuz burganim rost.
Yomon bo‘lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Eng baxtli kun, albatta bugun

Eng avval otangni qadrini bilgin, Eng avval onanga yaxshilik qilgin

Zeb ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kuni tashlab ketarlar,
Odam bo‘lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadir eshigin,
Ulgur, ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Ey do‘stim, davlating imkoning bo‘lsa,
Tulporing choparga maydoning bo‘lsa,
Manziling ko‘zlagan karvoning bo‘lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bu dunyo nimadir, bu dunyo o‘yin,
Bugun yutsak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo‘y ey Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi,
Axir sening baxting shular emasmi,
Eng avval otani qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.