Navro’z tabriklar va tilaklar

Xush kelding navruzim O’zbekistonga

Xush kurdik boychechak bodom gullaring.

Istiqlol yuz ochgan ota makonga

Anvorlar tashiydi toza yellaring…

Aziz do’stim, sizni Navro’zi ayyom bilan tabriklayman!!!

Qalbingizni aslo bahoriy kayfiyat tark etmasin!

* * *

Bahor gullaridan guldasta sizga

Chin qalbim tabrigi payvasta sizga

Bir asr yashanggu, ya’na nim chorak

NAVRO’ZI OLAM bo’lsin muborak

* * *

Assalomu alaykum Qadrdonim!Siz yurtimizning yangilanish fasli baxor hamda ajoyib bayram «Navro’z» ayyomi bilan chin dildan qutlayman! Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin! Yurtimiz O’zbekistonning yangi yilida yangi orzularingiz amalga oshishinitilab qolaman! Bugungi Navro’z ayyominiko’tarinki kayfiyatda o’tkazishingizni tilab qolaman! Yana bir bor Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!

* * *

Azizam baxt iqbol doimo yor bo’lsin,

Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.

Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,

Navro’z ayyomingiz mubork bo’lsin!

* * *

Ezgu tilaklarim guldasta bo’lsin,

Dildagi sözlarim dildasta bo’lsin.

Baxt va omad sizga payvasta bo’lsin,

Bugungi bayramingiz muborak bo’lsin!

* * *

Bahmal yopib yillarga,

Adir dala qirlarga

Gullar olib qo’llarga

Navro’z keldi azizlar.

Navro’z yosharish va yangilanish fasli barchamizga muborak bo’lsin!

* * *

Tarixing ta’rifing dillarda doston,

Quyosb charaqlaydi moviydir osmon.

Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon

Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

Aziz do’stlarim, sizni aziz va qutluq bayram Navro’zi olam bilan samimiy tabriklayman. Doimo baxt-omad, rizq-baraka, xursandchilik sizga hamrox bo’lishini tilayman!

* * *

Ko’hna turon elida navro’zi olam

Yillartutar qo’Hmdan qani ado’stim yur.

Nur sochadi charaqlab navro’zquyoshi,

Sayirgohda yurtimning keksayu yoshi.

Qozonlarda sumalak yoyiq dasturhon

Navro’z olam muborak ey O’zbekiston.

* * *

Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy,

Suvlar oqar endi soyma soy

Har tamonda bahorni isi

Bo’g’ taratargullarningjismi.

Bir birini qutlar odamlar

G’animat deb go’zal bu damlar,

Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy,

* * *

Yana bahor keldi yana olamda,

Ajib bir go’zallik ajib bir hayot.

Men seni qutlayman shu lug’ damda,

Ulug’ yelkadoshim barqaror hayot.

Tashbeh axtarmangiz ushbu g’azaldan,

Naqd joyda nasiya ne kerak asli.

Sening bir hislating bordir azaldan

Seni atamishlar uyag’onish fasli.

* * *

Bugun shodiyona Navro’zi olam,

Orziqib kutilgan navbahor to’yi!

Assalom yangi yil! Assalom bayram!

Senga atalgusi yuraklar kuyi.

* * *

Yuraklarga solib hayajon,

Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

Yelkasida bayram libosi,

Qo’llarida ochil dasturxon.

Dala dashtga bag’ishlab chiroy,

Yurtga keldi yana ko’klamoy.

* * *

Xush kelibsan go`zal bahor

Chin ko`ngildan assalom

Xush kelibsan yana bir bor

Sengadir shirin kalom.

Mana o`lkamizga zarg`aldoqlardan gulchambarlar taqib, xushro`y

Navro`zi olam kelmoqda! Shu munosabat bilan siz azizni chin dildan tabriklayman. Ushbu go’zal bayramni har yili birga nishonlash nasib etsin!

* * *

Chakkasiga gul taqib

Kirib keldi Navro`zim

Daraxtlarga dur taqib

Kulib keldi Navro`zim.

Kirib kelgan Navro’zi olam qutluq bo’lsin! Kayfiyatingiz mana shu kun kabi a’lo bo’lib qolishiga tilakdoshman!

* * *

Yomg`ir savalar mayin.

Maysa yashnar kun sayin

Men ham endi o`ynayin

O`rtoqjonim bu Navro`z.

Assalomu alaykum hurmatli do’stim, sizni bahoriy bayram bilan chin yurakdan tabriklayman. Ilohim do’stligimizga ko’z tegmasin!

* * *

Bahordan boshlanar go’zallik fasli,

Yilning ilk tongidir olamda asli.

Navro’zni xush ko’rgan xush yashar abad,

Baxtga musharrafdir ul inson nasli!

Assalomu alaykum, eng yaqin insonimni Navro’z yosharish bayrami bilan tabriklab qolaman. Sizga hamisha ko’tarinki kayfiyat, mustahkam sog’lik hamrox bo’lishini tilab qolaman.

* * *

Bahoroy: – Qizlar gulli ro’mol o’rar,

O’zlarin qilib ko’z-ko’z.

Zamin yangi ko’ylak kiyar,

Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z.

Aziz dugonajon, sizni aziz bayram bo’lmish Navro’zi olam bilan samimiy tabriklayman. Go’zal chehrangizni tabassum sira tark etmasin!