Kasblar haqida sherlar

Kasblar.


Shifokor.


Shifokor bizga darkor,

Bo’lmangiz hech bemor,

Ular bor biz sog’lom,

Bo’lsinlar ular omon.


Tikuvchi.


Qiladilar bo’lak bo’lak,

Matodan tikib kuylak,

O’z ishiga mohirlar,

Qo’li gul chevarlar


Dehqon.


Dehqon bobom yer chopar,

Yer tagidan tilla topar,

O’stirib paxta, bug’doy,

Xalqimni qiladi boy.


Oshpaz.


Qozon tovoq oldida,

Taomlar shirin juda,

Raxmat oshpaz xolalar,

Minnatdormiz bolalar.


Bog’cha opam.


Bizlarga qarar doim,

U bog’chadagi oyim,

Bizga ovqat yedirar,

Doim yelib yugurar.


✍️: Islomova Mukambar