YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!

🌿NAVRO’Z🌸


Milliylikdan darak, beradi asli,

Betakror, begʻubor navbahor fasli,

Bezangan, yasangan, kelinchak misli,

YANGI KUN uyg’onish Navro’z muborak!!!🌸


Ko’klam go’zalligin kuylaydi hofiz,

Gul-lolalar alvon ochildi nafis,

Hidlarin taratdi mast qilib yalpiz,

YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!🌸


Ko’klamoy sogʻindim sumalagingni,

Yetti xil tovlangan kamalagingni,

Qizlar sochidagi jamalagingni,

YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!🌸


Navro’z barchamizga muborak bo’lsin,

Qalbimiz mehrga limmo-lim to’lsin,

O’zbegim bayrami muborak bo’lsin,

YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!!! 🌸


Navro’zi olam muborak bo’lsin. Bayramona kayfiyat sizlarni tark etmasin. Sog’lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo’lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin. YANA BIR BOR “NAVRO’Z” AYYOMINGIZ QUTLUG’ BO’LSIN. 🌸


@moychechak_ifori🕊