O’ZBEKISTON FARZANDI BO’LSANG

O’ZBEKISTON FARZANDI BO’LSANG

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Olam ichra el bo’lay desang,

El dardini men olay desang.

Ona tiling unutmagin xech,

Tilni bilmas gumrohlardan kech.

O’zbekiston farzandi bo’lsang.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Yurt ishochin har doim oqla,

Ona tilni musaffo saqla.

Halqim g’amin o’yla har doim,

Yarlaqagay seni Xudoyim.

O’zbekiston farzandi bo’lsang.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Navoiyni o’qigin, shod et,

Hikmatlarin dilingga yod et.

Yassaviyning ruhi qo’llasin,

Saodatga har dam yo’llasin.

O’zbekiston farzandi bo’lsang.