Maktab davri (Monolog uchun she’r)

To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.

Endi xayot darsxonangiz bo’lar,

Maktabda chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,


Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.

Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,

Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,


Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr.

Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,

Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,


Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,

Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib

Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq


Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.

Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq

Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.

9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:


Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.

Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,

Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,

Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.


Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,

Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,

Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:

Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,

Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.