2021 Mandat natijalari chiqdi. Test natijasini bilish 6-usul

📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3 sentabr kuni e’lon qilinadi.


Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.


✅ Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:


👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;


👉 16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;


👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.


📌 Tanlov natijalarini bilish usullari





✅ 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:


my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.


2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:


mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.


3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):


👉 @mandat2021bot

👉 @mandat_2021_1_bot

👉 @mandat2021_2_bot

👉 @mandat2021_3_bot

👉 @mandat2021_4_bot


4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:


5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


5️⃣ QR-kod orqali:


Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.


6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:


Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.