❗️Abituriyentlar uchun o’qishga kirishda qanday imtiyozlar bor?
Abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar soni (hozircha) 27 ta va ularni 5 guruhga ajratish mumkin.
1️⃣ Kvotadan tashqari imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo’luvchi:
👉 Harbiy qism qo’mondonligi va Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
👉 Xizmat vaqtida halok bo’lgan yoki nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari
👉 Xizmat vaqtida halok bo’lgan yoki nogiron bo’lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari
👉 Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari
👉 Sport musobaqalari g’oliblari
2️⃣ Kvota doirasida imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo’luvchi:
👉 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
👉 «Nihol» mukofoti sohiblari
👉 «Mard o’g’lon» davlat mukofoti sohiblari
👉 «Tarbiyachi» respublika ko’rik-tanlovi g’oliblari
👉 «Hamshira» respublika tanlovi g’oliblari
👉 Yoshlar ittifoqining faol a’zolari
👉 Xalqaro olimpiadalar g’oliblari
3️⃣ Imtihondan ozod etilib, tegishli fandan ma’lum miqdorda ball berish uchun asos bo’luvchi:
👉 Respublika fan olimpiada g’oliblari
👉 Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar
👉 Badiiy akademiyaning respublika tanlovi g’oliblari
👉 «Bolalar sport o’yinlari»ning respublika bosqichi g’oliblari
👉 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar
4️⃣ To’plangan ballga nisbatan ball berish uchun asos bo’luvchi:
👉 «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari
5️⃣ Qo’shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo’luvchi:
👉 Olis cho’l hududlari aholisi
👉 Bobotog’ hududidagi yoshlar
👉 Harbiy xizmatchilarning farzandlari
👉 Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
👉 Nogironligi bo’lgan shaxslar
👉 «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari
👉 Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar
👉 Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari
👉 Harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
Bojxona va o’rmonchilarning farzandlariga beriladigan imtiyozlar ham tez orada qo’shilishi kutilmoqda.