Dilnoza Ismiyaminova — Talab-talab

Dilnoza Ismiyaminova — Talab-talab 


Sendan yana ne kutay?

Aldayabsan ko`zimga qarab.

Aytgin, qancha dard yutay?

Ko`ngling yana ne qilar talab?


Ayt, senga qandayin qaray?

Sezmagandim sen bilan yashab.

Xiyonatingga qanday chiday?

Nafsing osmonlarni qilar talab.


Talab-talab, talab-talablaringdan,


Yig`lab-yig`lab aytgan yolg`onlaringdan,

Chidab bo`lmas soxta muhabbatingdan

Charchadim, charchadim. (x2)


Mendan nelar kutgansan?

Javobing ayt ko`nglimga qarab.

Balki mendan sovib ketgansan,

Endi qaytishimni qilma talab.


Hali meni ko`p sog`inasan,

Baxtli o`tgan kunlarni eslab.

Sen ham mendek azob chekarsan,

Yuraging ham meni qilar talab.


Talab-talab, talab-talablaringdan,

Yig`lab-yig`lab aytgan yolg`onlaringdan,

Chidab bo`lmas soxta muhabbatingdan

Charchadim, charchadim. (x2+x2)