O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar, yangi tartib bo‘yicha

Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblarni berib o’tdi:


➖ “Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;


➖ “Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;


➖ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari yuqorida ko‘rsatilgan;


➖ Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, ya’ni kim mana shu o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qat’i nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.


“Perevod”ga oid yanada qo‘shimcha ma’lumotlar bu yerda:

https://t.me/xushnudbek/14564