Litsenziyaga ega nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxati

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ishonchli ma’lumot taqdim etish maqsadida, litsenziya olgan nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi.


So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi.


Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?»


Ushbu video va maqolada Oliygoh.uz jamoasi sodda tarzda batafsil javob beradi:




Vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy saytida lisenziya olgan xususiy OTMlar ro‘yxati bor. Bu saytdan qaysi OTMning diplomi bizda o‘tish yoki o‘tmasligini mustaqil aniqlashingiz mumkin.


Nodavlat va xususiy oliygohlar


Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish
Team university
British Management University
Toshkent shahridagi Amiti universiteti
Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi
Akfa universiteti
Ma’mun nomidagi Jahon tillari instituti;
Toshkent shahridagi Inha universiteti
Al-Bukhari University
Cambridge International University
Stars International University
TMC institute
European Medical University
Qo‘qon universiteti
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Sharda University
International School of Finance Technology and Science
Collegium Humanum varshava menejment universiteti
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
Urganch ranch texnologiya universiteti
Sambhram University
Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti
Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining toshkent shahridagi filiali
Tashkent International University of Education
Urganch shahridagi xalqaro binary universiteti
Japan Digital University
Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
University of Tashkent for Applied Sciences
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Diplomat University
Profi University
Yangi Asr universiteti

Ta’kidlanishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.


Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.


O‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.


O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.