ABITURIYENTLAR 5 TAGACHA TA’LIM YO‘NALISHINI TANLASH MUMKIN

JORIY YIL HAM ABITURIYENTLAR 5 TAGACHA TA’LIM YO‘NALISHINI TANLASH MUMKIN
«Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yil ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin.

Qarorga ko‘ra abituriyentlarga:


test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.