Abituriyentlar eng ko’p tanlayotgan OTMlar ro’yhati ma’lum qilindi

DTM 2021-2022-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 277 528 nafar.

Taʼlim shakli boʻyicha:


Kunduzgi taʼlim shakli – 167 395 nafar;


Sirtqi taʼlim shakli – 102 646 nafar;


Kechki taʼlim shakli – 7 487 nafar.


Tillar kesimida:


Oʻzbek tili – 235 265 nafar;


Rus tili – 34 529 nafar;


Qoraqalpoq tili – 6 432 nafar;


Boshqa tillar – 1 302 nafar.


Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:


Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 790 nafar;


Oʻzbekiston milliy universiteti – 9 580 nafar;


Namangan davlat universiteti – 8 926 nafar;


Jizzax davlat pedagogika instituti – 8 625 nafar;


Urganch davlat universiteti – 8 068 nafar.