Muhammad Sharif Gulxaniy hayoti va ijodi haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin, tazkira va tarixiy asarlardagi ma’lumotlarning о’zidan ham Gulxaniy о’zbek mumtoz adabiyotida о’chmas iz qoldira olgan ijodkor sifatida namoyon bo’lgan.
U Qo’qon adabiy muhitida yetishib chiqqan, о’zbek mumtoz badiiy nasriga ulkan hissa qo’shgan adib va oz sonli yetib kelgan hajviy, lirik she’rlaridan esa iste’dodli shoir ekanligi ma’lum bo’ladi.
Gulxaniy tog’li Qorateginda tug’ilgan. Namangan va Qo’qon madrasalarida tahsil ko’radi. Ко’pgina ishlar, jumladan Qo’qon xoni saroyida sipohgarchilik qiladi. Muhammad Sharif og’ir iqtisodiy sharoitda yashagan. Amir Umarxon — Amiriy Qo’qon taxtiga о’tirgach, atrofiga yiqqan ko’plab iste’dodli qalam ahli orasida Gulxaniy ham bor edi. U Umarxonning tavsiya va topshirig’i bilan «Zarbulmasal» asarini «, ‘yaratgan. Bu ijod namunasi axloqiy-didaktik va tanqidiy уо’nalishdagi asar bo’lib, unda juda chuqur va jiddiy ijtimoiy mazmun ‘ majoziy timsollar vositasida aks etgan. Shu bilan birga о’zbek tilining noyob xususiyatlari bu asarda о’z aksini topgan.
«Zarbulmasal»dа bir-biriga izchil bog’langan о’ndan ortiq nasriy va nazmiy masal, qissa va hikoyatlar mavjud. Bu hajman kichik asar, badiiy jihatdan yetuk, axloqiy-ta’limiy g’oyalarni tarannum etadi. Unda halollik, to’g’rilik, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi tuyg’ular ulug’lanadi, manmanlik, befarosatlik, johillik, xiyonat kabi salbiy xususiyatlar qoralanadi. Masalan, «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa va chayon» masallarida u’quvsitlik, nodonlik va xiyonatning fojeaga olibkelishi ta’kid etilsa; «Tuya bilan bo’taloq» masalida chuqur ijtimoiy-ta’limiy mazmun aks etgan. Gulxaniyning bir necha о’zbek va fors tilidagi lirik va hajviy she’rlari ham yetib kelgan. Fazliy о’z tazkirasida uning «Jur’at» taxallusi bilan ham ijod qilganligini ta’kidlaydi.
Shoir Gulxaniy iste’dodli shoir, mohir masalnavis sifatida milliy adabiyotimiz rivojiga hissa qo’shgan ijodkordir.