Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari.
Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi.
Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi.
Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi.
Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari
XIV asrning II yarmi — XV asrning boshlarida Amir Temur o’zining buyuk imperiyasiga asos soldi. Movarounnahrda uzoq vaqt hukm surgan feodal tarqoqlikka chek qo’yilib, nisbatan naarkazlashgan kuchli davlat tashkil etildi. Yakka hokimlik shaklida idora etiluvchi mazkur davlatning tepasida monarx — yakka hokim — amir turar edi. Davlat boshlig’i — amir hokimiyati cheklanmagan. U qonunlar chiqargan, o’zi ularni bekor qilgan. Davlatdagi hamma mansablar amir tomonidan ta’sis etilgan. Amir barcha mansabdor shaxslarni tayinlagan va bo’shatgan. Amir mamlakat harbiy qo’shinlarining yagona qo’mondoni hisoblangan.
«Temur tuzuklari»ning «Saltanatni o’z erkimda saqlash uchun amal qilgan tuzugim» deb nomlangan maxsus bobida quyidagi ko’rsatmalar mavjud: «raiyat podshosining aytgan so’zini, qilgan ishini o’zi aytadi, o’zi qiladi, hech kirn bunga aralasha olmaydi…, boshqalar saltanat ishlarida podshohga sherik, yoxud ustun bo’lmasliklari shart…. Butun mamlakatda buyruq-farmon berish ishlari, podshoning o’z ixtiyorida bo’lishi lozim. Podshoh bar ishda o’zi hukm chiqarsin, toki hech kirn lining hukmiga aralashib, o’zgartira olmasin… Podshoh hukmi joriy etilishi darkor, ya’ni qanday hukm chiqarishidan qat’iy nazar, amalga oshirilishi shart… Biron kimsa unga monelik qilolmasin… Saitanat ishlarida, hukm yurgazishda podshoh o’zini yagona bilib, hech kimni o’ziga saltanat sherigi qilmasin».’ Shu tariqa, amir davlat hayotining barcha masalalarini mustaqil hal qilgan va cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan.
Amir Temur davlatni idora qilishda adlu adolat, qonun ustuvorligiga asoslanib ish ko’rishga, fuqaro manfaatlarini ko’zlab siyosat yurgizishga alohida e’tibor berdi. Mamlakat hayotiga daxldor har bir katta-kichik masalada o’ziga yaqin tutgan xos kishilar, dinu ilm ahllari, har sohaning bilimdon vakillari bilan maslahatlashib, kengashib faoliyat yuritdi. Uning aql-zakovati va donishmandligi mahsuli bo’lgan «Tuzuklar»da buyuk davlatni boshqarishning barcha asosiy tamoyillari, yo’1-yo’riqlari har jihatdan asoslab berilgan edi. Taniqli xorijlik olim D. Logafetning yozishicha, «Yevropada konstitutsiya haqida oddiy tushunchaga ham ega bo’lishmagan davrlarda uning davlatida konstitutsiyaviy qonunlar majmuasi — «Tuzuk» mavjud bo’lgan».
«Temur tuzuklari»da davlat tuzilishining asosiy bo’g’inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli xil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo’shin tuzilishi, davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal etish yo’llari aniq-ravshan ifodalangan. Shuningdek, «Tuzuklar»da har bir masalani hal etishda, voqea, hodisalarni tahlil etganda, xolis ko’z bilan yondashish, fuqaro ahliga jabr qilmaslik, yurtga xiyonat etmaslik, dinu diyonatga, qonun ustuvorligiga qat’iy amal qilish, adolat va haqiqat mezonlari bilan faoliyat yuritish lozimligi qayta-qayta ta’kidlab o’tilgan. Bular Sohibqironning nechog’liq yurtparvar, fuqaroparvar bo’lganligini, mamlakat xalqi, turli ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi totuvlik, ahillikka, ulaming manfaatlarini qonun yo’li bilan himoya qilishga birinchi darajali e’tibor berganligini ko’rsatadi.
Amir Temur o’z davlatini barpo qilishda o’tmishda mavjud siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalandi. Mazkur davlat o’z tarkibiy tuzilishiga ko’ra ko’pincha harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Qudratli hukmdor tarix faniga ixlos qo’yganidan bo’lsa kerak, qadimgi va O’rta asr Sharq mamlakatlaridagi turli davlatlar va ularning siyosiy hamda ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari haqida keng tasavvurga ega edi. Biroq, uning davlat boshqaruv tizimi qo’l ostidagi butun hududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan bo’lib, bu sohadagi tajribalar O’rta asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarida keng qo’llanilgan idora usullari tajribasi bilan boyitilgan edi. Amir Temuriiing Nizomulmulk tomonidan yaratilgan «Siyosatnoma» asaridan davlat ishlarida keng qo’llanma sifatida foydalanishi, «Temur tuzuklari»da «Siyosatnoma»dan fikrlar keltirishi bunga yorqin misoldir.
Amir Temur o’ziga qadar mavjud bo’lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qildi:
— davlat siyosiy jihatdan mustaqil bo’lishi;
— davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi;
— davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilmog’i;
— boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakl-langan bo’lishi;
— jamiyatdagi ijtimoiy-iqgisodiy munosabatlar ahvoli davlat e’tiborida bo’lishi;
— fan va madaniyat ravnaqi to’g’risida doimiy qayg’urish;
— har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko’ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;
— davlat tepasidagi kuchlar o’tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g’oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog’i.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to’qqizinchisini, jamiyat rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar, manfaatlarini ta’minlashni qo’shdi.
Temur muhim davlat ishlarini jamiyatning yuqori qatlami vakillaridan iborat majlis (kengash)da ko’rib hal qilgan. Majlisda kimlar ishtirok etishi va ularning taxtga nisbatan joylashish tartibi Temur tuzuklarining «Saltanat saroyida o’tirish va o’rin olish tuzugi» degan bobida batafsil ko’rsatib berilgan. Unda aytilishicha, sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, shayxlar, ulug’lar va ashrof (sharaf va e’tiqodli kishilar), oliy tabaqaga mansub kishilar taxtning o’ng tomonida, amir ul-umaro, beklarbegi, amirlar, no’yonlar, ulus, tumanlar va qo’shinlarning sardorlari va amirlari, mingboshilar, yuzboshilar, o’nboshilar chap tomonda o’tirishlari lozim bo’lgan. Devonbegi va vazirlar taxtning qarshisida, turli mamlakatlar, el-uluslarning kalontarlari (shahar boshliqlari) va kadxudolari (qishloq, jamoa oqsoqollari) vazirlar orqasida, bahodirlar, o’g’lonlar taxtning orqasidan o’ng tomonda, qorovulbegilar (qo’shinning oldida boruvchi xabarchi qism boshliqlari) esa taxtning orqasidan chap tomonda o’tirishlari kerak edi. Xirovul (qo’shinning ilg’or qismi ketidan boruvchi bo’linma) amir taxti ro’parasidan o’rin olgan, ichki (kichik lavozimdagi saroy xizmatchisi), xususiy yasovul esa katta chodir eshigi oldida, dodxohlar (arz-dod bilan kelganlarning arizasini qabul qilib olib, podshoga yetkazuvchi mansabdorlar) o’ng va chap tomonda tik turganlar. Qolgan sipohiylar va xizmatkorlar o’z martabalariga qarab saf tortib tik turganlar. Majlis tantanali, bayramona o’tgan. Podsho yig’ilganlarga shohona ziyofat bergan. Biroq majlis maslahatchi organ bo’lgan. Majlisda hal qiluvchi ovoz amir-podshoning o’ziga tegishli bo’lgan.
Bundan tashqari, Temur tor doiradagi kishilar bilan ham kengash o’tkazib turgan. Bu davlat kengashida asosan shahzodalar va harbiy boshliqlar (amirlar ishtirok etib, urush va tinchlik masalalarini, ayniqsa uzoq mamlakatlarga yurish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilganlar. Davlat kengashi tinchlik vaqtida Samarqandda amir saroyida chaqirilgan. Unda amirning qarindosh-urug’lari, ruhoniylarning oliy vakillari, bosh amir, beklarbegi, amirlar, uluslar va tumanlarning boshliqlari, mingboshilar, yuzboshilar, vazirlar, devonbegi va boshqalar ishtirok etganlar.
Saltanatda markaziy boshqaruv organlari vazifasini devonbegi boshchiligidagi. maxsus devonxona amalga oshirgan. Devonxonada quyidagi vazifani amalga oshiruvchi vazirlar bo’lgan: 1) mamlakat va raiyat vaziri — mamlakatdagi muhim xo’jalik va qurilish ishlarini, raiyat ahvolini va boshqalarni kuzatib turishgan; 2) sipohi vazirlari -sipohilarning maoshlari va armiyaning holatidan xabardor bo’lib, boshqarib turganlar; 3) davlat daromadlarini omonat saqlovchi vazir -egasiz qolgan, o’lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o’tloq-yaylovlarini boshqarib, bulardan yig’ilgan daromadlarni omonat saqlagan; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir — butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlarini, xazinadan xarajatlarni kuzatib turgan.
Bundan tashqari, yana 3 vazirdan iborat davlat hay’ati (xolisa) tuzilib, u sarhad va bosib olingan mamlakatlardagi moliyaviy ishlarni va keladigan daromadlarni boshqarib turgan.
Yuqoridagi yettita vazir devonbegiga bo’ysungan. Devonbegi ushbu vazirlar bilan birgalikda davlatdagi muhim moliyaviy ishlarni boshqargan va vazirlar faoliyatini nazorat qilib turgan.
Devonbegi yonida arkbegi ham bo’lib, u davlatdagi turli marosimlarni uyushtirgan va o’tkazgan.
Shunday qilib, boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon) dan iborat bo’lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog’lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo’lgan.
Oliy devonda — ijroiya hokimiyatda bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayx-ul-islom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo’yicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyrug’ini bajaruvchi), qalakchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi amaddpr), qorovulbegi, qutvol (qal’abon), muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.
Shuningdek, dargohda bosh hojib, hojiblar, xazinabon, xonsolar, jibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dorixonachilar bo’lgan.
Amir Temurning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, raing nafar ot mingan choparlari bo’lgan. Butun saltanat bo’ylab bir kunlik yo’l oralig’ida yomxonalar tashkil etilgan. Har bir yomda 50-200 boshdan ot-ulov tutilgan.
Sohibqiron mamlakatni boshqarishda o’z yaqinlariga suyandi.
Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi
Amir navkarlaridan iborat bo’lgan armiyaning tashkil etilishi va boshqarilishi davlat hayotining muhim jabhasi hisoblanadi. Amir Temurning o’zi butun qo’shinlarning bosh qo’mondoni edi. U o’z navkarlari ichidan 313 kishiga amirlik (harbiy boshliq) raansabini bergan va ularning har biriga o’rinbosar («amirlikka nomzod»-muntazir-ul-amorat) tayinlagan.
313 kishidan 4 nafarini beklarbegi, bir kishini amir ul-umaro etib tayinlagan. Amir ul-umaro bevosita amirning o’rinbosari bo’lib, uning hukmi amirlar va sipohiylar uchun majburiy bo’lgan.
Yuqoridagilardan tashqari, yana 12 kishi amirlik darajasiga ega bo’lgan. Bulardan birinchisi ming kishilik askarga, ikkinchisi ikki ming kishilik, uchinchisi uch ming kishilik va hokazo askarga, o’n ikkinchisi o’n ikki ming kishilik askarga amir hisoblangan. Amirlik tartibiga qarab biri ikkinchisiga noib bo’lgan. Masalan, birinchi amir ikkinchi amirga, ikkinchi amir uchinchi amirga va hokazo noib etib tayinlanganlar. O’n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo’lgan. Amir ul-umaro Amir Temur noibi hisoblangan.
313 kishidan yuztasi — o’nboshi, yuztasi — yuzboshi, yuztasi — mingboshi bo’lib, jang paytida amir ul-umaro — amirlarga, amirlar -mingboshilarga, mingboshilar — yuzboshilarga, yuzboshilar — o’nboshi-larga boshliq edi.
Jang vaqtida amirning birinchi yordamchisi — amir ul-umaroga qo’shinlarning amirlari bo’ysunganlar. Qo’shinlar yetti korpusga ajralganlar: qorovul (old qism), chapovul (hujum qiluvchi qo’shin), shiqpvul; (q.o’shinning so’l qanotini qo’riqlab turuvchi bo’linma), chindovul (armiyaning orqa qismi), gul (markaz), barong’or (qo’shinning o’ng qanoti) va jarong’or (qo’shinning so’l qanoti). Bundan tashqari qorovullar (qo’shinning oldida boruvchi xabarchi qism) ham mavjud bo’lgan.
Temurga sodiq bo’lgan jangchi va lashkarboshilar mukofotlanganlar. Jang vaqtida birinchi marta botirlik va mardlik qilgan bo’lsa — o’nboshi, ikkinchi marotabasida — yuzboshi, uchinchisida — mingboshi qilib tayinlangan. Agar mingboshi dushmanning birorta harbiy bo’linmasini mag’lubiyatga uchratsa, birinchi amir etib tayinlangan. Birinchi amir dushman lashkari safini buzib, tarqatib yuborsa, ikkinchi amirlik darajasiga ko’tarilgan. Shu tariqa, xizmat ko’rsatgan amirlar o’z martabasidan yuqori ko’tarilaverganlar. Agar sipohiy mardlik ko’rsatsa, maoshi oshirilgan. Bundan tashqari unga in’om tariqasida chumoq, qimmatbaho toshlar qadalgan o’tog’a (bosh kiyimiga taqiladigan belgi), qilich va ot berilib, o’nboshilik martabasiga ko’tarilgan. Agar o’nboshi dushman qo’shinlarini sindirsa, unga shahar hokimligi berilgan. Yuzboshi boisa, uni biror mamlakatga hukmdor etib tayinlangan. Mingboshilar ham bunday xizmatlari uchun mamlakat hukmdori lavozimini olganlar.
Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi
Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo’shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma’naviy sifatlari to’g’risida ham axborot berib turganlar. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan».’ Ular turli mamlakatlaiy sarhadlarning xabarlarini, qo’shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini yetkazib turganlar.
Har bir shahar va qishloqqa qutvol (qal’a boshlig’i — komendant) tayinlanib, u sipohu raiyatga soqchilik qilgan va turli xil o’g’irliklardan himoya qilib turishi lozim bo’lgan. Bundan tashqari maxsus yo’l kuzatuvchilari, zobitlar ( idora etuvchi qo’shin boshliqlari) tayinlanib, yo’llarni qo’riqlab, o’tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo’yish fiiajburiyatiga ega bo’lganlar. Yo’lda birortasining narsasi yo’qolsa, o‘Zi o’ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar.
Temur arzbegi mansabini ta’sis etgan. U sipoh , raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.
Temur hokimiyati ostidagi o’troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari — valilar, o’lkalar — beklar va shaharlar — hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.
Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan.
Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o’lponlarni yig’ishni va bularni davlat xazinasiga o’z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar.
Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig’ish bilan shug’ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o’rtasida soliqlardan tushgan mablag’larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir.
Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli «bo’lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug’-qabilachilik an’analari saqlanib qolgan bo’lib , u asta-sekin shariat normalari tomonidan siqib chiqarilgan.
Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi
Temur davlatida sud ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Sudlar ochiq ko’rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo’lgan. Aholi uchun, qo’shinlar uchun, ruhoniylar-dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo’lgan.
Umuman sud hokimiyati 3 xil ko’rinishga ega bo’lgan: 1) ma’muriy sudlar; 2)shariat qozisi, ya’ni shariat normalariga asoslanib ish yurituvchi sudya; 3) ahdos qozisi — odat huquqi asosida ish ko’ruvchi sudya.
Diniy martabadagi kishilarni shayx-ul-islom sud qilgan.
Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha xulosalarni mufti (qonunshunos yurist) bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo’lgan. U tortishuv xarakteriga ega bo’lib, tomonlarning o’zlari ayblovchi va oqlovchi ma’lumotlarni, hujjatlarni to’plaganlar, guvohlarni keltirganlar. «Temur tuzuklari»ga asosan, qozilar, har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, «asosli qarorlar va hukmlar» chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo’lsalar faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. Amirning hukmi vojib bo’lgan.
Temur davlatida muxtasiblar (arabcha nazorat qiluvchilar) alohida mavqega ega edilar. Ular diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilib turardilar.
Butun imperiya bo’yicha odil sudlov holatiga qozikalon (oliy sudya) javob bergan. U raiyat qozilari faoliyati ustidan nazorat qilib turgan. Temur davlatida davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablarni suiiste’mol qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo’yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ — adolat devoni mavjud bo’lgan.
Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e’tibor berilgan. Masalan: bosib olingan o’lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo’ysunmasa, unga tan jazosi qo’llanishi mumkin emas edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma’lum qilish kerak edi. Uni ustidan sudni amirning o’zi amalga oshirgan.
Temur juda ko’p davlatlarni bo’ysundirgan. U bosib olgan mamlakatlarning aholisining itoatkorligini, hukmron sinflarning yurish-turishlarini qattiq kuzatib turgan. Temurning maxfiy agentlari bo’lgan. Shu bilan birga har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini kuzatib turish uchun voqeanavis (yurtda bo’ladigan voqealarni kunma-kun yozib boruvchi odam)lar tayinlangan. Voqeanavis maxfiy politsiya funksiyasini bajargan. U o’ziga tegishli hududdagi aholi orasida, harbiy boshliqlar va lashkarlar orasida nima voqealar bo’layotganidan doimo xabardor bo’lib turishi va bular haqida Temurga har kuni ma’lum qilib turishi kerak edi.
Maxfiy politsiya funksiyasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqunchilar, ming nafar choparlar amalga oshirganlar. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo’shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib amirga yetkazib turganlar.
Temur tuzuklarida yozilganidek, har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchi (xabarnavis)lar tayinlanib, ular hokimlar, raiyat, sipoh va begona lashkarning xatti-harakati haqida amirni xabardor qilib turganlar. Ular atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqqan yot kishilar har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar, qo’shni podsholar, ularning gaplari, ishlari va chekka o’lkalardan kelgan ulamo, fuzalo haqida batafsil xabarlarni to’g’ri yozib turishlari lozim bo’lgan.
Maxfiy politsiya bilan birga jinoiy politsiya ham mavjud bo’lgan. Masalan, har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal’a komendanti) tayinlanib, u sipoh va raiyatga soqchilik qilgan, o’g’irlik va bosqinchiliklarni oldini olgan. Bundan tashqari yo’l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar (boshqaruvchilar) tayinlanib, ular yo’llarni qo’riqlaganlar, o’tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarining daxlsizligini himoya qilganlar. Yana har bir shaharda qo’rchilar (qo’riqchilar, posbonlar) ham bo’lib, ular aholini qo’riqlab turganlar. Temur har bir mamlakatda mehnatga layoqatli gadolarni aniqlab, ularga vazifa yuklab ish berilishi haqida buyruq chiqargan.