Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot
Reja:
1. Amir Temur davlatining tashkil topishi va o‘zbek davlatchiligi tarixida yangi bosqichga asos solinishi.
2. Amir Temur davlati siyosiy tuzumi.
3. Amir Temur davlatida ijtimoiy-iqtisodiy xayot.
4. Temuriylar davlatida soliq tizimi.
5. Amir Temur va Temuriylar davlatining xuquqiy asoslari.
Amir Temur Movarounnaxrning qonuniy xukmdori bo‘lib olgach, mamlakat xududlarini birlashtirishga kirishdi. Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) yurish qildi. Shosh, termiz, Xisor, Badaxshon, Qunduz xukmdorlari tobelik bildirdilar. Mo‘g‘uliston ustiga to‘rt marta yurish qilib, sharqiy xududlar daxlsizligini ta’minlaydi 1371, 1374, 1375, 1376, 1377). Uch bor Mang‘ishloq xokimi To‘yxoja o‘g‘lon farzandi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish qilib, (1389, 1391,
1394. 1395) Oltin O‘rdani mag‘lubiyatga uchratdi.
Amir Temur 1380 yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur,
Sabzavor jangsiz taslim bo‘ldi. Shundan so‘ng Amir Temurning Eronga qarshi uch yillik
(1386), besh yillik (1392), yetti yillik (1399) amalga oshiriladi. 1398-1399 (sentyabr-
mart) yillarda Xindiston yurishi, 1401 bil Shomga, 1402 yili Boyazidga qarshi yurishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Eng asosiy yurishlardan biri Xitoyga qarshi mo‘ljallangan edi. Bu yurishga 1404 yil kuzidan tayyorgarlik boshlandi, biroq Amir Temurning 1405 yil 18 fevralda vafot etishi Xitoy safarining amalga oshmay qolishiga sabab bo‘ldi.
XIV asr o‘rtalariga kelib, Chig‘atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so‘ng (1336-1347) barxam topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qozog‘on (1347-1357)
davrida yanada avj oldi. Amir Qozog‘on fitna natijasida o‘ldirilgach, Chig‘atoy ulusi beklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo‘jandda Boyazid jaloyir, Balxda O‘ljoy Bug‘o Sulduz, Shibirg‘onda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda Amir Kayxusrav va O‘ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr Yasovuriy, Ko‘xistonda Amir Sotilmish hukmronlikni qo‘lga kiritdilar. 1348 yili taxtni egallagan Tug‘luq Temur Movarounnaxrda o‘z mavqeini tiklash uchun ikki marta
(1360-1361) yurish qildi. Shu vaqtda Tug‘luq Temur xizmatiga kirgan Amir Temur Shaxrisabz xokimi etib tayinlandi. 1362 yilda u Balx xokimi Amir Xusayn ibn Musallab bilan yaqinlashib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzdilar. Biroq 1365 yil Ilyosxo‘jaga qarshi bo‘lgan «Loy jangi»dagi mag‘lubiyat ularning ittifoqiga raxna soladi. Samarqandni ishg‘ol qilmoqchi bo‘lgan Ilyosxo‘ja esa sarbadorlardan mag‘lubiyatga uchrab, chekinadi. Ikki amir kelib, Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar boshliqlarining Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o‘rtadagi ittifoqning barxam topishiga sabab bo‘ladi. 1370 yil Amir Temur qo‘shinlari Balxda Amir Xusaynni mag‘lubiyatga uchratdi va shu yerda amirlar qurultoyida Amir Temur Movarounnaxr xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida Chingizxon naslidan Suyurgatmish (1370-1388) va uning o‘g‘li Sulton Maxmud (1388-1402) rasmiy ravishda taxtni boshqardilar.
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun xududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra xarbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qiladi:
— davlat siyosiy jixatdan mustaqil bo‘lishi.
— Davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi.
— Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilishi.
— Boshqaruv tizimi muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakillangan bo‘lishi.
— Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar axvoli davlat e’tiborida bo‘lishi.
— Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish.
— Xar bir davlat shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan xolda olib borishi.
— Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustaxkam iyon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog‘i.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni, jamiyat rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar, manfaatlarini ta’minlashini qo‘shdi. Boshqaruv ikki idordan: dargox va vazirlik (devon) dan iborat bo‘lgan. Dargoxni Oliy xukmdor boshqargan. Dargox faoliyatini boshqarish, uning devonlar, maxalliy xokimyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlarini Oliy devon yuritgan.
Oliy devonda-ijroiya xokimyatida bosh vazir, xarbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarxadlar va tobex mamlakatlar boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi uch vazir devonbegiga xisobot berib turgan. Markaziy xokimyat tizimida shayxuislom, qozikalon, qoziy axdos (odat bo‘yicha xkum chiqaruvchi qozi), qozi askar,
sadri axzam (vaqf yerlari, mulklari musasaddisi), dodxox (shikoyatlarni qiruvchi),
eshikog‘a, saroy vaziri, yasovul va boshqalar bo‘lgan.
O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida Amir Temurning xizmati shundaki. U
davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib qoidalar,
xuquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot ming choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida
yemxonalar tashkil etilgan. Xar bir yemda 20-200 boshdan ot – ulov tutilgan. Amir Temur mamlaktatni boshqarishda o‘z yaqinlariga suyangan. Davlat boshqaruv ishlarida Soxibqiron islom qonun-qoidalariga asoslangan.
Amir Temur xokimyat tepasiga kelgach, barcha soxada mo‘g‘ullardan qolgan vayronagarchilikni tugatish va obodonlashtirishi, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga asosiy e’tibor qratdi. Davlat turli toifaga mansul mulk soxiblari birlashtirildi. Qattiq intizom o‘rganildi. Mamlakatda axvol yaxshilanib, xunarmand axolining turmush darajasi yaxshilandi. Temur davlatidagi ijtimoiy tuzum davlat tarkibiga kirgan xalqlarning turli tumanligi, ularning bir-
biri bilan aloqadorligi, inobati bilan bog‘liq edi. Amir Temur mamlakatni boshqarishda axolining o‘n ikkita ijtimoiy guruxga bo‘lganligi manbalarida qayd etilgan. Ular quydagi ijtimoiy toifalardir:-sayyidlar, olimlar va shayxlar.
— katta tajribaga ega ilmli kishilar.
— Duo qiluvchi taqvodorlar.
— Lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlar.
— Askarlar va xalq ommasi.
— Dalat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslaxatgo‘y dono va aqlli kishilar.
— Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.
— Tibbiyot axli, munajjim va muxandislar.
— Muxaddislar va muarrixlar.
— Tasavvuf vakillari va oriflar.
— Xunarmandlar va san’atkorlar.
— Ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar.
Bu ijtimoiy toifalar yoki qatlamlar Amir Temur davlatining ma’muriy-
boshqaruv tizimidagi tartiblar bilan aloqador xolda uning xarbiy siyosiy xarakterda bo‘lganligini ham ko‘rsatib turibdi.
XV asrda ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi qishloq axli orasida bir qismi imtiyozlariga ega bo‘lgan va ular soliqlarning oz miqdorini to‘lashgan. Axolining juda katta qismini ijarachi-chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. Qishloqlar jamoa yoki qariya deb yuritilgan. Uning mulki butun jamoa axliga qarashli bo‘lgan.
Xunarmandchilik soxasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa erkin xunarmandlar bo‘lgan. Ular shaxarda yashovchi savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning o‘rta xol vakillari sanalganlar. Temuriylar davrida soliqning asosiy turi-
xiroj bo‘lgan. Yer solig‘i xosilning uch bir qismigacha bo‘lgan. Bog‘lardan tanobona solig‘i olingan. Shuningdek, jon solig‘i, ulog‘, begar ham mavjud edi.
Yerga egalikning keng tarqalgan turixususiy yer egaligi bo‘lgan suyurg‘ol edi. XV
asrda ziroatchilar qanday yer mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to‘laganlar.
Ular asosan to‘rt turga
1. davlat yerlarida ishlovchi ziroatkorlar.
2. Xususiy mulk yerlarida ishlaydigan ziroatchilar.
3. O‘z yerida ishlovchi ziroatchilar.
4. Vaqf yerlarida ishlovchi ziroatchilarga bo‘lingan.
Xiroj asosan maxsulot yoki pul bilan olingan. Mag‘lub shaxar aholisidan sari shumor (jizya) olingan. Mamlakat xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda soliq —
avorizot yig‘ib olingan. Do‘kondor hunarmandlardan tamg‘a solig‘i olingan. Xalq ko‘plab xashar ishlari (begar)ga jalb etib turilgan. Shuningdek mulkdorlar o‘z mulklarining qirqdan bir qismi miqdorida zakot to‘lab turganlar. Chegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj undirilgan, mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i,
bog‘dorlar tanobona to‘laganlar.
Amir Temur davlatida xuquqiy munosabatlar boshqa Sharq davlatlarida bo‘lgani kabi Qur’oni Karim, hadislarda bayon etilgan tartib — qoidalarga asoslangan edi.
Amir Temurning xuquq va qonun unsurlari «Temur tuzuklari»da o‘z aksini topgan.
Bu asarda davlat yumushlari, harbiy soha, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari xaqida so‘z yuritiladi. Unda ta’kidlanishicha, dunyoviy jixatlarni xukmdorning o‘zi,
ya’ni, Amir Temur nazorat qilgan va kerakli jazoni sham o‘zi bergan. Shariat ishlari bilan esa shariat qozisi shug‘ullangan. Shuningdek, davlat devonining turli bo‘g‘inlarida ham turlicha qozilar faoliyat yuritgan, masalan, lashkar uchun maxsus qozi, raiyat uchun aloxida qozi tayinlangan. Amir Temur davlatida xuquq tizimi quydagicha bo‘lgan:
Shayxulislom-mamlakatda musulmonlarni nojo‘ya ishlardan saqlash va savob ishlarga undash bo‘yicha masxul shaxs. Sadrlar-axli islomga boshchilik qilgan. Asosiy vazifalari vaqflarni nazorat qilish bo‘lgan: shuningdek ular suyurg‘olni ham belgilab turganlar.
Mutavalliy-sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Qozi-xar bir shaxar va viloyatla, devonning turli bo‘g‘inlarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar martabasi va darajasiga ko‘ra bir-birilan farq qilgan.
Mudarris-diniy masalalar, shariat, tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs.
Muxtasib-bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi maxsul.
Bular orasida qozi va sadrlar o‘z ishlar yuzasidan shaxsan Amir Temurning o‘ziga xisobot berib turganlar. Amir Temur qat’iy qonunlar va tartiblarni o‘z tuzuklarida yozib qoldirgan:-xazinabon moliya ishlariga xiyonat qilsa, o‘zlashtirib olgan mablag‘i maoshidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi xisobidan ushlab qolingan:
— agarda sipoxiy biror-bir kimsaga zulm qilsa, uni o‘sha jabrlangan kishiga topshirganlar va jabrlanuvchi o‘zi xoxlagancha jazolagan:
— qishloq yoki shaxar amaldorlari pastroq toifadagi kishilarga zulm yetkazsalar, katta miqdorda jarimaga xukm etilganlar:
— xalqqa jabr zulm qilgan kishi jarima bilan yoki darra bilan jazolangan:
— kimda-kim o‘g‘irlik qilsa, o‘g‘irlangan narsani qaytarishi shart bo‘lgan yoki qattiq jazolangan.
Kishilarga yetkazilgan xar qanday zarar uchun, jismoniy zarar uchun hamda sharob ichish, zino ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi kabi jinoyatlar shariat qozisi chiqargan xukmga binoan jazolangan.
Mo‘g‘ullar istilosi o‘rtaOsiyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy hayoti va madaniyatiga katta talofat yetkazdi, ko‘p obod joylarni vayronaga aylantirib, minglab kishilarni kirib tashladi. Lekin istilochilar o‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik ko‘rashini, ularning xo‘jalik va madaniyatda erishgan tajriba va an’analarini yemirib tashlay olmadilar. Shu bois, X1U asrning 50 yillariga kelib Chigatoy ulusiga qarashli vbo‘lgan Movarounnahr mayda feodal davlatlarga bulingan bo‘lib, Shahrisabz (
Kesh ) da Xoji Barlos, Xujandda jaloyirlar hukmdori Boyazid, Balxning bir qism ida Qozog‘onining nabirasi Amir Husayn,ikkinchi qism ida-Uljabuga Suluz, Badaxshonda-
Badaxshon shohlari va boshqa viloyatlar hokimlari o‘rtasida tinimsiz urush- janjallar davom etib kelardi. Shunday qilib, bir tomondan mo‘g‘ullarning istilosi, ikkinchi tomondan feodallarning o‘zaro urushlari mamlakat va xalq boshiga katta kulfatlarni soldi. Bu davrda feodal o‘zaro urushlariga aralashib, jahon qobiliyati va uddaburonligi bilan elga tanilgan Amir Temur ibn Tarag‘ay BahodirMovaraunnah hayotida ko‘rina boshladi.
Amir Temur qanday shaxs edi?
Temur to‘g‘risidagi shov-shuvlar, xaqiqatni va afsonalar asrlardan asrlarga o‘tib, bizning kunlargacha yetib kelgan. Sovet tarixshunoslik ilmida uning serqirra,
qarama-qarshiliklarga boy faoliyatiga faqat bir tomonlama baho berildi. oqibatda ko‘pchilikongida Amir Temur faqatgina «qonxo‘r»,»bosqinchi»,»zolim» shoh bo‘lgan,uning tariximizda hech bir xizmati yo‘q. degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ldi Temur o‘rta
asrning yirik shaxslaridan biridir.Shuning uchun ham uning shaxsiga bo‘lgan qizikish hozirgi kunda qadar juda katta ahamiyatga ega. Amir Temur 1336 yilda Shahrisabz yaqinida Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tug‘ildi.
Amir Temurning bolaligi va yoshligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar yo‘k. Ammo ayrim manbalarda ba’zi tavsilotlar keltirilgan. Temur bolaligidanoq aqlu- farosati va jasurligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan.Unda yoshligidanoq tengqurlarini uyushtirish va orqasidan ergashtirish, qaltis vaziyatlarda aqliy tadbirlar topish kabi noyob qobiliyat namoyon bo‘lgan. Temur harbiy mashg‘ulotlarning sirlarini egallashga ko‘proq e’tibor bergan. Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrning zaiflashganidan foydalanib 1360 -1361 yillarda hech kaerga qarshilikka uchramasdan Qashqadaryoga qadar kelib qolgan vaqtda, Kesh hokimi Xoji-Barlos Xurosonga qochib ketadi, Temur esa Tug‘luq Temurga xizmatga kiradi va 25 yoshga kichik,ammo juda boy viloyat ya’ni Shahrisabz hokimiga aylanadi. Tug‘luq Temurga xizmatga kirishga maqsadini Amir Temur jahon «Temur to‘zuklarida» quyidagicha bayon etadi:»
…Movarounnahr viloyatini qatlu-barotdan qutkarib qolishga qaror qildim» (Temur to‘zuklari 18 bet). BiroqTemur Mo‘g‘uliston xoniga uzoq vaqt xizmat qilmadi.Tug‘luq Temur hokimiyattni o‘g‘li Ilyos-Xo‘jaga topshirib, Amir Temurga esa sipoxsolar (bosh qo‘mondon) lavozimini taklif etgandan so‘ng , u Ilyos-Xo‘jaga xizmat qilishdan bosh tortib, boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnata boshladi.Ularning ichida Balx hukmdori Amir Husayn bor edi. Amir Husayn Chigatoy ulusining o‘ldirilgan amiri Qozog‘onning nabirasi bo‘lib Movarounnahrga asosiy davogarlardan biri sanalardi. «Zafarnoma»da ta’kidlanishicha Temur va Husayn dastlab «do‘st tutunishga»,
ganimlarga qarshi birgalikda ko‘rashishga, bir-biriga hech qachon xiyonat qilmaslikka Qu’onni o‘rtaga qo‘yib qasam ichishadi. Temur Husaynning singlisi Uljoy Turkan xotinga uylanib, ittifoqni qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamladi.Temur Husayn bilan birga turkmanlar ustiga va Seyistonga bosqinchilik yurishlari qiladi.
Seyistonda Temur o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralanadi va natijada deyarli qurib qoladi va bir umr oqsoqlanadi, shu sababli ham Temurlang, ya’ni oqsoq Temur (Yevropada-
Temurlang) degan laqab oladi.Tug‘luq Temur vafot etgandan so‘ng Movaraunnahrdan haydalgan Ilyosxo‘ja 1365 yilda qayta qo‘shinbilan Movaraunnahga yurish qiladi.
Husayn bilan Temur qo‘shintayerlab, uni Chinoz va Toshkent yaqinida ko‘tib olib jang qiladilar. Tarixga bu jang «Jangi loy» nomi bilan kirgan, chunki kuchli jala qo‘yib,
otlar loyda toyib keta boshlagan, Oqibatda bu jang Temur va Husaynning mag‘lubiyati bilan tugallandi va ular avval Samarqandga , keyin Balxga chekinishdi. Ilyosxo‘ja esa,
g‘alabasini mustahkamlash uchun Samarqand sari yurdi. Biroq o‘shadavrda Samarqandda sarbadorlar hukmronlik qilardi.
Ma’lumki, sarbadorlar harakati X1U asrning 30- yillarida Xurosonda ijtimoiy harakat sifatida boshlandi va mo‘g‘ullarning bosqinchilik siyosatiga va
ularning tartiblariga qarshi qaratilgan edi. «Sarbador» so‘zi «boshi dorda» degan ma’noni bildiradi. Sarbadorlar «agar g‘alaba qozonsak, xalqning mo‘g‘ul zulmidan ozod qilgan bo‘la miz, bordi-yu g‘alabaga erisha olmasak, unda dorga osilish uchun tayermiz,
negaki azob- uqubatlarga ortiq bardosh berish mumkin emas» der edilar. Bu harakat Samarqandga 1360 yilda kirib keldi. Unda hunarmandlar, dukondorlar va o‘zlarini
g‘oziylar, deb atagan ayrim madrasa muallimlari faol qatnashdilar. Ilyosxo‘ja
qo‘shinlarining yaqishlashib kelayotganini eshitib harakat yo‘lboshchilari- Samarqand
madrasasining talabasi Mavlonazoda, sobiq paxta savalovchi Abu Bakr Kalaviy,
kamonbop Xo‘rda ki Buxoriylar jome masjidiga to‘plangan 10 mingga yaqin aholiga murojaat qilib islom va xalqni mo‘g‘ullardan ximoya qilishga da’vat etishdi. Kurilgan
tayergarlikdan so‘ng , shahar aholisi Ilyosxo‘jaga zarba beradi va mo‘g‘ullar Mo‘g‘ulistonga qaytib ketishga majbur bo‘ladilar Bundan xabar topgan Husayn bilan Temur Samarqand sari yo‘lga chiqdilar va xiyla bilan lagerlariga sarbadorlar rahbarlarini chaqirib olib, qatl qildilar. Biroq, bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Temur Mavlonzodani o‘limdan saqlab qolgan, bunga Husayn bilan o‘rtalaridagi
ixtiloflar sababchi yokiTemur Mavlonzoda bilan aloqada bo‘lgan, degan taxminlar
bor.Shu davrdan Temurning g‘arazgo‘y, g‘oyat xasis Amir Husaynga qarshi ko‘rashi
boshlanadi. Temurning xotini Uljoy Turkon og‘o (Husaynning singlisi) vafot
etgandan so‘ng va natijada qarindoshlik aloqalari o‘zilganidan keyin Temur tez orada
g‘alaba qozonadi. Amir Husayn esa Xuttalon-Jilen hokimi Qayxusrav tomonidan
o‘ldiriladi. Shunday qilib1370 yilga kelib, Temur Movarounnahr va Xurosonning yagona
hokimiga aylandi. Qo‘shinsarkardalarining qurultoyi Temurni Movarounnahrning
yagona hukmdori deb e’lon qiladi. Shu davrdan boshlab Amir Temur Ko‘ragoniy unvonini oladi. «Ko‘ragon» so‘zi-xon kuyovi degan ma’noni anglatadi, o‘shadavrda chingizxon nasl-
nasabi bilan yaqinlik qilish hokimiyattga egalik qilgan amirlar uchun afzal
hisoblanardi. 1370 yilda Balxda Amir Husaynni yengib, uning beva xotini- Saroy
Mulkxonimga, Qozonxonning qiziga uylanadi. Temur faoliyatining birinchi davrida,
ya’ni1360-1386 yillarda, Movarounnahrda mo‘g‘ul xonligidan mustaqil kuchli
markazlashgan davlat to‘zish yo‘lidako‘rashadi. Movarounnahrni birlashtirishdan
manfaatdor bo‘lgan turk va tojik zodagonlari bilan birgalikda o‘zboshimcha feodallarga,
markazlashish va birlashishga zid harakatlarga, mamlakatning parchalangan holatda
saqlashga intiluvchilarga, o‘zaro urushlarga undovchilarga qarshi kurash olib bordi.
Qisqa muddat ichida Temur Amudaryoning va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni, Farg‘ona va Shoshni o‘zigabuysundirib birlashtiradi. 1372-1388 yillar orasida Xorazmni to‘labuysundirish uchun 5 marta yurish qiladi, va 1388 yilga kelib Xorazm yerlarini tarkibiga qushib oladi. Temur X1U asrning 80 yillari o‘rtalariga kelib, mamlakatida butunlay osoyishtalik o‘rnatadi.Amalda hukmron bo‘lsa ham, Temur davrida davlat tepasida Chingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘otmish (1730-1380 yy) va Sulton Mahmudxon (1380-1402 yy) rasman turishgan edi. Temur vafotidan so‘ng esa, u tartib bekor qilindi va oliy hukmdorlar o‘zini podsho deb e’lon qildilar. Biroq Temur hayotligida ham bu imperiya tom ma’noda markazlashgan davlat emas edi va to‘rt ulusga
bo‘lingan: Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston (markazi Xirot shahri)
Shohruxga: G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz)
Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qism i (markazi Sheroz) Umarshayxga;
Afg‘oniston va shimoliy Hindiston (markazi dastlab Gazna, keyinchalik Balx)
Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib berilgan edi. «Suyurg‘ol» temuriylar davrida feodal yer
in’om qilishning keng tarqalgan turi edi va shahzoda hamda amirlarga toju-taxt
oldida ko‘rsatgan katta xizmatlari uchun shartli tarzda in’om qilingan yer,suv va uni idora qilish huquqi edi. Temuriylar davrida «tarxon» ham keng tarqalgan edi. «Tarxon»
deganda yer, mulk yoki birorta shaxs qo‘lidagi davlat xazinasi foydasiga to‘laydigan soliq, yig‘inlaridan va majburiyatlaridan ozod qilinishi tushuniladi. «Suyurg‘ol»
odatda abadiy foydalanish uchun berilsa, «tarxon» vaqtinchalik berilgan in’om edi.
Temur davridaek uluslar, garchi markaziy hukumatga itoat etsalar-da,ma’lum
mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining davlat apparati, mustaqil qo‘shini
bo‘lib,ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning (daromad soligi) bir qismini Samarqandga yuborib turishdan iborat edi. Viloyat va tumanlarda hokimiyatt markaziy hukumat tarafidan tayinlangan dorug‘alar qo‘lida edi. Davlat ishlari asosan uch muassasa
(devon) qo‘lida bo‘lgan: devoni oliy (markaziy ijroiya organi), devoni mol (moliya ishlari maxkamasi) va devoni tavochi (harbiy ishlar maxkamasi). Din, shariat bilan bog‘liq ishlar qozi va shayx-ul-islom qo‘lida edi. Temur jahon «To‘zuklari»da bergan ma’lumotlarga ko‘ra davlatni yetti nafar vazir: 1) mamlakat va raiyat ishlari bo‘yicha vazir (bosh vazir); 2) vaziri sipox, ya’ni harbiy ishlar bo‘yicha vazir; 3) egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish ishlari vaziri; 4) saltanatning kirim chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir,ya’ni moliya ishlari vaziri; 5,6,7) sarhad (chegara) viloyatlarining ishlarini nazorat etib turuvchi vazirlar boshqargan.. Yetti vazirning barchasi devonbegiga buyso‘ng an. Markaziy hokimiyatt organ idoralarida kabi, ulus hokimlari
devonlarida kabi, vazirlardan boshqa turli tabaqadagi amaldorlar bo‘lgan. Masalan,
shayx-ul-islom, qozi al-ko‘zot (oliy sudya), sadri a’zam (vaqf yerlari mutasaddiysi),
arzbegi (shikoyatlar qo‘rib chiquvchi), muxassil (soliq yig‘uvchi), yasovul (hukmdorning
shaxsiy buyruklarini bajaruvchi) va boshqalar. Temur vaqti- vaqti bilan so‘roqpurush,
reviziya va tekshirish-taftish, tergov qilish-tahqiq o‘tkazib turgan.Uning saltanatida mansabini suiste’mol qilish,o‘g‘ri-talonchilik, rishvat (pora) xo‘rlik, ichkilik bozlik ,
maishiy bo‘zuqlik, og‘ir gunoh, hisoblanib, bu ish bilan mashg‘ul bo‘lganlar qattiq
jazolangan. Xususan Yazdiyning yozishicha, Temur hatto nojuya harakat qilgani uchun farzandi Mironshoh, hamda nevarasi Amirzoda Pirmuhammadlarni ham xalq oldida tegishli jazoga tortgan edi. Zamondosh tarixchilarni e’tirof etishicha, Temurning eng harakterli xususiyatlari-davlat, mamlakat, fuqaroning g‘amxo‘ri ekanligi davlat
ishlarini og‘ishmay, qattiylik bilan boshqargan.. Amir Temur islomni targ‘ib qilish,
uning rolini siyosatining axloqiy-mafko‘raviy omili sifatida kuchaytirishga alohida
e’tibor berdi. Sohibqiron davrida islom dinining haqiqiy xomiysi ekanini amalda
to‘liq namoyish etdi. Barcha ruhoniylar bu davrda daxlsiz hisoblangan. Temur vaqf
axkomini joriy etdi. Uning daromadlari hisobidan madrasa, masjid, xonaqohlarni mablag‘ bilan ta’min etdi. Dini3y masalalar, xususan islomiy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan mansablar joriy etdi. Ular mutavalliy,
muftiy, qozikalon, muxtashiy nomlar bilan atalardi. Ma’lumki, Amir Temur hayotida
uchta piri bo‘lgan. Ulardan Said Baraka,uning uchun alohida e’tiborga, xurmatga sazovor bo‘lgan pir hisoblangan. Said Baraka Temur» qilich bilan nimaniki qo‘lgakiritgan
bo‘lsa, shulardan toat-ibodat, hamda fatvolar berib duoguylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi,». Shunday qilib, Amir Temur reja va maqsadlarini amalga oshirishda mulkdor zodagonlarga, harbiy kishilarga va halqqa ta’sir etaolayotgan ruhoniylarga tayangan. Temur hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot da
sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Chiqishida ni tiklash va rivojlantirish tadbirlari
ko‘rildi. Yangi sug‘orish kanallar qazilishi va ayrim eskilarining tiklanishi, ekin
maydonlarining kengayishiga olib keldi. G‘alla, paxta va boshqa an’anaviy qishlOq
xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda yangi zig‘ir, poliz ekinlari (masalan, qovunning
«Miri Temur» navi), xurmo ekila boshlagan. Temur farmoniga ko‘ra ekinzorlar yaqiniga o‘tov o‘rnatish ko‘shni rahbarlariga taqiqlangan. Uning farmoniga ko‘ra yangi Qishloqlar vujudga keldi, ayniqsa,, Samarqand atrofida, bu esa dehqon aholisining farovonlashuviga, eng muhimi-qishloq va shahar aholisining o‘zaro kengayishiga ,
dehqonlarning mahsulotlari bilan shaharliklarning hunarmandchilik buyumlari ayir boshlashga yordam berdi. Hunarmandchilikning qadimgi tarmoqlari-to‘quvchilik va
tikuvchilik yanada
rivojlandi, qurol aslahaning xilma-xil turlari, zargarlik, qog‘oz
ishlab chiqarish jadal taraqqiy etdi. Temur va temuriylar davrida yer-suv,
hunarmandchilik qorxonalarining katta qismi podsho xonadoni va feoodallar qo‘lida bo‘lib, mehnatkash xalq yerni ijaraga olib, bir qator soliq va jarimalar to‘lashga, turli-
tuman yumushlarni bajarishga majbur edi. Ular ichida » xiroj»- xosilning 0,4 ulushi, «
avorizot»- urushlar davrida olinadigan soliq,» jon solig‘i»- nomusulmonlardan
olinadigan soliq, » dorugash», » mirobona», » zakot», » boshtamg‘a», «peshkali», » sovari»
va boshqalar. «Begar» deb ataladigan hashar o‘shadavrning juda og‘ir majburiyati
hisoblanardi. Shahar devorlari , saroylar, maschit va madrasalar, yo‘llar va ko‘priklar,
qal’alar va boshqa davlat ahamiyaitiga ega bo‘lgan boshqa binolar qurishga va shunga
o‘xshash ishlarga dehqon aholisini zo‘rlab junatganlar. Shu bilan birga, Temur davlatida dehqonlarning fidoiyligi e’tiborga olingan. Masalan: biror shaxs o‘zlashtirilmagan yerni ishlab yaroqli holga keltirsa, ekin eksa, bir yil soliqdan ozod etilgan, ikkinchi yilni xoxishga qarab xoxlasa to‘lagan, uchinchi yili umumiy soliq qonuniga buy so‘ngan. Ba’zi vaqtlarda alohida tumanlar aholisi vaqtinchalik
soliqlardan ozod e tilgan. Bunday yengillik berilishi qishlOq xo‘ligini barqaror ravishda rivojlanishiga yordam berdi. Bu davrning soliq siyosatining ijobiy tomoni
shunda ediki, joriy etilgan qonunlarga qat’iy rioya qilingan, hukmdorlarning o‘zboshimchaliklariga yo‘l qo‘yilmagan. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi
savdoning kengaytirishga katta e’tibor berildi, Samarqand va boshqa shaharlarda savdo
rastalari, bozorlar va yo‘llarni obodonlashtirish tadbirlari ko‘rildi, karvon
yo‘llarida yangi karvonsaroylar qurildi, sharqdagi va g‘arbdagi mamlkatlar bilan
tijorat iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga harakat qilindi. Temur boshqa hukmdorlardan farq qilib davlatni boshqarishda kengash , maslahat ya’ni qrultoylar o‘tkazib turardi. Sharofiddin Ali Yazdiy ma’lumotiga ko‘ra, bu qurultoylarda mamlakat va davlatning xo‘jalik sohasidagi hamda harbiy ahvol haqidagi eng muhim masalalari muhOqama etilar, mamlkat va davlat uchun zaruriy xisoblangan ishlarni bajarishda birla03shib harakat qilishga qaratilgan ,qarorlar qabul qilinar, tadbirlar belgilanar edi.
Temur buyuk imperiya barpo etar ekan, u haqiqiy yurt egasi sifatida jamiki moddiy boyliklarni, hunarmandlar, san’atkorlar,me’morlar, olimlarni Movarounnahrga olib kelardi va bu yerdagi ichki resurslarni ham ishlatib shahar va qishloqlarni obodonchiligi hamda aholining osoyishtaligi uchun sarfladi. Bunga Samarqand, Buxoro, Xirot, Toshkent, Shahrisabz, Turkiston va boshqa ko‘plab shaharlar,
ulardagi xashamatli imoratlar tarixiy guvohdirlar.
Amir Temur faoliyatining ikkinchi davrida (1386-1402 yy) arbiy harakatlarni, urushlarni Movarounnahr va Xursondan tashqarida olib bordi. Temur ko‘pjang qilgan, lekin ulardan » uch yillik», » besh yillik», va » yetti yillik» harbiy yurishlarni ayniqsa, mashhur bo‘lgan.Harbiy tarix Amir Temurni o‘rtaasrlar tarixidagi eng yirik lashkar boshlaridan biri bo‘lgan ko‘ragi yerga tegmagan sarkarda deb tan oladi. Inqilobga qadar Fransiya va Rossiya harbiy akademiyalarga uning harbiy san’ati maxsus dars sifatida o‘qitilib kelingan. uning qo‘shini davrida eng qudartli hisoblangan edi. Temur har bir jang rejasini barcha qismlar uchun taktik yo‘l yo‘riqlarni o‘zi ishlab chiqardi. Temur o‘rda si jamiyatning harbiy — feodal shakli edi.
Armiya amalda ijtimoiy qobiq bo‘lib, uning ichida feodal munosabatlar o‘sib yetilardi.
Imperiya tumanlarga bo‘linib, har bir tuman o‘n ming sipoh yetkazib beradigan hududni bildirar edi. Buyuk imperiyasini to‘zishda Temur jahon jasur qo‘shiniga tayangan edi. Bu borada u jahon «Temur to‘zuklari» da shunday degan: «Amirlar, sipohsolar, bahodirlar bilan ittifoq bo‘lib , ularning mardligu mardonavorligiga tayanib, shamshir zarbi bilan yigirma yetti podshohni taxtini egalladi. Eron, Turon, Rum, Magrib, Shom, Misr,
IrOqi arab va IrOqi ajam, Mozandaron, G‘ilonot, Shirvonot, Ozarbayjon, Fors,
Xuroson, Dashti jete, dashti qipchoq, Xorazmda, Qobuliston, Bohtarzamin, Hindistonga podshoh bo‘lib, hukm surdim»(«Temur to‘zuklari», 54 bet) Darhaqiqatni, Temur saltanatining chegaralari shimolda Volga daryosidan janubda Hindistondagi Gang daryosigacha, Sharqda Xitoy devori va G‘arbda o‘rtaЕr dengizigacha katta huduni ichiga oldi.
Temur 1376-1395 yillarda Oltin o‘rda xoni To‘xtamishga qaqshatkich zarba berib, uning poytaxti Saroy Berkani egallaydi.1386 yilgi uch yillik, 1392 yildagi besh yillik va 1399 yilgi yetti yillik rushulari natijasida Eronni 1392-1397
yillarda Armaniston va Gro‘ziyani,1398-1399 yillrada Hindistonni,1400 yilda Misr suriya yerlarini bosib oldi. 1402 yilda Ankara yaqinida Usmon to‘qrlarning sultoni Boyazidni asir oldi. Obyektiv ravishda bu urushlar bosqinchilik urushlari edi, lekin shu narsani ta’kidlashimiz joizki, Oltin o‘rda zabt etilishi rus xalqlarini 2,5
asrlik mo‘g‘ullar istilosidan qutqarib, mustaqilligini qo‘lgakiritishga sabab bo‘ldi Bu borada rus tarixchilari B.D. Grekov va A.Y. Yakubovskiy bunday yozadilar: «
Temurning To‘xtamish ustidan qozongan zafari, Astraxan va, ayniqsa,, Oltin o‘rda poytaxti Berke-Saroyning 1395 yilda talanishi hamda yondirilishi nafaqat o‘shadavrdagi janubi- sharqiy Yevropa uchun emas, balki Rus uchun ham g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi Ryazan tuprog‘ini bosqinchilarcha talagan o‘sha Oqsoq Temur To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi bilan obyektiv tarzda o‘zi bilmagan holda Rus yeriga xizmat
ko‘rsatdi». Boyazid Yildirim ustidagi g‘alaba esa, Usmon turklarning Bolqon slavyanlarning yerlarini bosib olish rejalarini 50 yil orqaga surib yubordi.
Temurning vaqtinchalik urushlarini faqatgina o‘lja ortirish maqsadini ko‘zlagan deyish xato bo‘lar edi. Chunki u oldiga jahon savdo karvonlari harakat qilayotgan yo‘llarga hukmronlik qilishni maqsad qilib qo‘ygan edi. U savdo karvonlari hayotida mu
him o‘rin tutgan Azov, Saroy, Urganch kabi savdo shaharlarini xonavayron qilish ham, barcha savdo yo‘llarini o‘rtaOsiyo orqali o‘tishiga erishishga qaratilgan edi. Shu bois, 2Temur 1404 yilda Xitoyga qarshi yurishga tayyorlana boshladi. va 1405 yilning kishida 200 ming kishilik ko‘shin bilan o‘tror shahrida tuxtagan paytida 18 fevralda zotiljam kasalidan vafot etadi va bu yurish yakunlanmay qoladi Amir Temurning Sarkardalik mahorati dunyo ahamiyatiga egadir va jahon harbiy akademiyalarda mahsus o‘rganiladi.. Amir Temurning harbiy yurishlarida erishgan g‘alabalari, tashqiva ichki siyosatida o‘tgan odilona yo‘li davlatni qudratini oshishi va jahon mikesida ko‘tarilishida hal qiluvchi omil bo‘ldi Xorijiy mamlaktalar bilan aloqalar o‘rnatish va munosabatlarni rivojlantirish tadbirlari olib borildi. Yevropa mamlakatlaridan Hindiston va Xitoyga olib boradigan xalqaro savdo yo‘li -«Buyuk ipak yo‘li» ning barcha asosiy yunalishlarini egallab olgan Temur ,uni tiklanishi va kengayishiga ahamiyat berdi. Bu yo‘lda karvonlarning xavfsizligi ta’minlandi. Bu esa bir-biridan iktisodi, xalq turmush-tarzi, dini, ma’naviy-moddiy madaniyati jihatidan farqlanuvchi mamlakatlarning o‘zaro aloqasini rivojlantirishga imkon berdi. Amir Temur qator xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan edi. U Vizantiya,
Venetsiya, Genuya, 2Ispaniya-Kastiliya, Fransiya, Angliya bilan yangi davrdagi Yevropaning yirik davlatlari bilan alOqa urnatish va mustahkamlash sohasida faoliyat olib bordi.
G‘arb va Sharqda uni dono rahbar, harbiy san’at ustasi sifatida tan olishgan. XU asrda Temurga «Yevropa xalosQori» degan yodgorlik o‘rnatilgan. XU1 asrda K.Marlo «
Buyuk Temurlan» degan pyesa yaratdi, A.G.Gendel XUSH asrda » Temurlan» degan opera yozdi.
Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma’lumot beruvchi qimmatli manba Temur to‘zuklari» hisoblanadi. Unda barcha vOqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. asli eski o‘zbek tilida yozilgan bu asar, fors ingliz, urdu, frantso‘z, rus va Hozirgi o‘zbek tiliga o‘grilgan. U ikki qism dan Temurning Movarounnahrda saltanatni kiritish uchun olib borgan urushlari va bu borada o‘tkazgan kengashlari , amirlar bilan olib borgan mo‘zOqaralari haqida gi tafsilotlar diqqatni jalb qiladi.
Ikkinchi qism ida Amir Temurning davlatni boshqarish,da kimlarga tayanish,
toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va unining boshliqlarinin saylash,
sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va
qo‘shinboshliqlarining burchai vavazifalari,amirlar, vazirlarva boshqa
mansabdorlarning taqdirlash tartibi va boshqalar haqidagi tuzuklari, ya’ni yo‘l – yo‘riqlari, qonun-qoidalari, nasixatlari o‘rin olgan. Shu bois bu asar davrida ko‘plab shoh va shahzodalar uchun zarur bo‘lgan. Uni ko‘plab hukmdorlar kutubxonalarida
saqlab, undan davlatni idora qilish san’atni o‘rganganlar. Bu borada risolada
berilgan davlatni idora qilishdagi onikki qoida e’tiborga molikdir.
1. Islom dini va sahariat qoidalariga rilya qilish;
2. Turli tabakalar, toifalar bilan birgalikda bamaslaxat ishni va siestni
yurgizish.
3. Tadbirkorlik, faollik va xusherlik, extiyotkorlik bilan ish ko‘rish;
4 . Davlat ishlarini saltanat qonunlariga asoslanib boshqarish,; 5. Amirlar va sipoxlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularga izzat va
xurmat ko‘rsatish;
6. Adolat va insof bilan ish ko‘rish;
7. Saidlar va ulamoyu- mashoyix, oqil, u -donolar, muxandislar, tarixchilarga
izzat va xurmat kursatish;
8. Azmu — jazm bilan ish to‘tish:
9. Raiyat (oddiy xalq)ning hol- ahvolidan doimo ogoh bo‘lish.
10. Turk, tojik, arabu ajamning turli toifalaridan panohiga kirgan
kishilarga xurmat bilan qarash;
11. Farzandlar va qarindoshlar, oshna -og‘ayni, quni-qushnilarga hamma vaqt
birdek izzat va xurmat ko‘rsatish;
12 Do‘stdushmanligiga qaramay har joyda ham sipoxlarni xurmatlash. Amir
Temur ning karashlari va davlat boshqaruv usullari davri uchun kanchalik muhim bo‘lgan
bo‘lsa, Hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘k. Otgani yo‘q va mustaqil O‘zbekistonni mustahkamlashda undagi fikr, xulosa, nasixatlardan foydalanilmOqda. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov bejiz ta’kidlamaganidek: «Amir Temur to‘zuklarini o‘qisam
xuddi bugungi zamonning katta katta muamolariga javob topgandek bo‘la man».
Temurning jahongirlik qoidasi xaqiqatni sixat-salomatlik, xaqiqatni-tartib,
haqiqiy adolat deb tushunilgan. Asosiy shiori esa «rusto-rosti», ya’ni ma’nosi «kuch
adolatda». Ibn Arabshoh asarida quyidagicha yozadi: «Temur tamg‘asining naqshi
«rusto-rosti» bo‘lib, haqgo‘y bo‘lsang najot topasan demakdir». temur uchun adolat
masalasida oddiy fuqaro ham, amaldor ham teng edi. Bu borada, yana bir e’tiborli tomoni shu edi, Temurning vazifalaridan ikkitasiga o‘ta ma’suliyatli, har qanday
sharoitda ham sohibqironni o‘zini ko‘zatish, uni doim to‘g‘rilikka davat etish vazifasi yuklatilgan edi. Temurning farzandlariga qilgan vasiyatida: » Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘k sillarni (boylar) zulmiga
tashlamang. Adolat va yaxshilik qilmoq dasto‘ingiz, rahbaringiz bo‘lsin». Amir Temur
faoliyati va uning to‘zuklari insoniyat tarixida tengi yo‘q. Markazlashgan
davlatchilikka, qonunchilikka asos solish bilan dunyoning ko‘pmamlakatlarida o‘rganilib,
Hozirgi kunda ham mumxim ahamiyatga ega. Darxaqiqatni, Vatanni sevish, kadrlash, unga
sidqidildan xizmat qilish, uning jahon mikesiga chiqarish uchun harkat ,ozodlik,
tenglik, xurfikrlik, insonparvarlik, haqiqiy milliy iftixor, mehnat sevarlik,
axloqiy pOqlik, mehr-oqibat, haqguylik, saxovat, birodarlik, ilm-fanni qadrlash
kabi fazilatlarni qozonish va ularni takomillashtirish uchun muhimmanbalardan biri.
Milliy mustaqil ikka erishganimizdan keyin Amir Temurning hayoti va faoliyatiga
munosib baho berish, izzatini o‘rniga quyish, atroflicha o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zi tashabbuskor bo‘ldi Amir Temur faoliyati
va uning To‘zuklari bugungi O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi,
qudratli davlatni barpo etish, umuman davlatchilik asoslarini qayta tiklash, milliy
istiqlol mafko‘rasini shaklantirish, xalqimizning milliy guro‘ini, ongini
yuksaltirish, o‘zligini anglash, kelgusi avlod ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o‘rgatishda o‘lkan manba. 1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilindi va mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent, Shahrisabz, Samarqand, shaharlarida unga haykallar o‘rnatildi. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi . YunesKO qarori bilan Amir Temur yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida o‘tkazildi. Bir qator mamlakatlarda Konrad Adenaur va Halqaro Amir Temur jamg‘armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. YunesKO rahbarligida Parijda bu sanaga bag‘ishlangan madaniyat xaftaligi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat Vatanimizda, balki xorijiy mamlkatalrada ham Amir Temur faoliyatiga chuqur hurmat,
izzat ikrom bilan qaralishi; Temuriylar davlati tarixini o‘ganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi Sohibqiron g‘oyalarining hamon dolzarbligi va hayotiyligining erkin misolidir.
Adabiyotlar:
1. I.A.Karimov tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998
2. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi. O‘zbekiston tarixi. 1999 yil, 1-son
3. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T., Sharq, 2000
4. A.Sagdullayev va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., Akademiya. 2000
5. Temur tuzuklari T., G‘.G‘ulom, 1997
6. Sh.Ali Yazdiy. Zafarnoma. T. Kamalak, 1994
7. Ibn Arabshox. Temur tarixi. (1-2 kitob) T., Mexnat, 1992
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Sanoat texnalogiyasi fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
yunalishi 1-kurs 173-guruh talabasi Xudoyorova Shaxloning “O‘zbekiston tarixi” fanidan “Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot”
mavzusidagi referatiga
TAQRIZ
Amir Temur buyuk imperiya barpo etar ekan, u haqiqiy yurt egasi sifatida jamiki moddiy boyliklarni, hunarmandlar, san’atkorlar,me’morlar, olimlarni
Movarounnahrga olib kelardi va bu yerdagi ichki resurslarni ham ishlatib shahar va qishloqlarni obodonchiligi hamda aholining osoyishtaligi uchun sarfladi. Bunga Samarqand, Buxoro, Xirot, Toshkent, Shahrisabz, Turkiston va boshqa ko‘plab shaharlar,
ulardagi xashamatli imoratlar tarixiy guvohdirlar.
Amir Temur faoliyatining ikkinchi davrida (1386-1402 yy) harbiy harakatlarni, urushlarni Movarounnahr va Xursondan tashqarida olib bordi. Temur ko‘pjang qilgan, lekin ulardan » uch yillik», » besh yillik», va » yetti yillik» harbiy yurishlarni ayniqsa, mashhur bo‘lgan. Harbiy tarix Amir Temurni o‘rta asrlar tarixidagi eng yirik lashkar boshlaridan biri bo‘lgan ko‘ragi yerga tegmagan sarkarda deb tan oladi.
Inqilobga qadar Fransiya va Rossiya harbiy akademiyalarga uning harbiy san’ati maxsus dars sifatida o‘qitilib kelingan. Uning qo‘shini eng qudratli hisoblanganligi to‘g‘risida va shu davrda madaniyat yuksalganligi xususida fikrlar keng yoritilgan.
Taqrizchi “O‘zbekiston tarixi”
kafedrasi o‘qituvchisi: X. Xosiyatov.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Sanoat texnalogiyasi fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish