Arab davlatlari dunyoning ikki qit’asida (Osiyo va Afrikada) joylashgan. XX asr boshlarida bar-cha arab davlatlari mustamlaka yoki yarim mustamlaka bo’lganlar. Xususan, Osiyoda joylashgan arab davlatlari Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan. Afrika qit’asidagi Misr va Sudan — Buyuk Britaniyaning; Tunis, Jazoir va Marokash — Fransiyaning; Marokashning bir qismi — Ispaniyaning; Liviya esa Italiyaning mustamlakasi edi.
Suriya to’rt asr davomida Turkiya mustamlakasi J bo’lib kelgan. Birinchi jahon urushi oxirida esa u Fransiya qo’shinlari tomonidan ishg’ol etildi. XX asr boshlarida ham Suriyada o’rta asrlarga xos ishlab chiqarish munosabatlari hukmron edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanar, yerning ko’pchiligi katta yer egalari (feodallar) qo’lida edi.
1918-yilning noyabr oyidayoq Suriya xalqining «milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Fallohlar partizan guruhlarini tuza boshladilar. 1919-yil Latakiyada ko’tarilgan qo’zg’olon 3 yil davom etdi. 1919-yilning noyabrida joylarda Xalq milliy kengashi tuzildi. Kengash partizan harakati uchun mablag’ va qurol to’plash bilan shug’ullandi. Milliy kengash dekabr oyida Suriya hukumatini tuzdi. Biroq mamlakat amiri Faysalning Fransiya bilan kelishuvchilik siyosati milliy-ozodlik kurashi kuchayishiga to’g’anoq bo’la boshladi.
Faysal 1920-yil boshlarida davlat to’ntarishi o’tkazdi va parlament tarqatib yuborildi. Mart oyida o’zini Suriya qiroli deb e’lon qildi. 1920-yilning aprel oyida, San-Remo shartnomasiga ko’ra, Suriya Fransiyaning mandati nazoratiga berildi. Iyul oyida Fransiya armiyasi Damashq shahriga kiritildi.
1925— 1927-yillar Suriya tarixiga milliy-ozodlik kurashining eng yuksalgan davri bo’lib kifdi.
Fransiya 1940-yilda taslim boigach, Suriyada ham Germaniya ta’siri kuchaya boshladi. Biroq bu uzoq davom etmadi. 1941-yilning iyul oyida ingliz-fransuz armiyasi Suriyaga kirdi. Mamlakatdan fashist agentlari quvildi. Ikkinchi jahon urushi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan Fransiyaning de Gol hukumati Suriyaga mustaqillik berishga majbur boidi. 1941-yilning 27-sentabrida Suriya mustaqil davlat, deb e’lon qilindi.
Birinchi jahon urushi yillarida Iroq hududi Buyuk Britaniya tomonidan ishg’ol qilindi. Bu hol urushdan keyin ham davom etdi. Mamlakatning barcha qismlarida ingliz mustamlaka ma’muriyati tashkil etildi.
Vatanparvar kuchlar, ya’ni milliy burjuaziya, kichik va o’rta qabilalar shayxlari, inglizlarning o’z faoliyatlariga aralashuvidan norozi bo’lgan qabila yo’lboshchilari, dehqonlar, savdogarlar, ziyolilar, inglizlarga qarshi bo’lgan yirik yer egalari, ruhoniylar «Mustaqillik posbonlari» deb ataluvchi jamiyat tuzgandi. Uning rahbari savdogar Ja’far Abu Timman edi. Jamiyat Iroqqa to’la mustaqillik berishni talab etdi.
l921 -yilning 23-avgustida esa Angliyaning sodiq malayi Faysal al-Xoshimni «(Suriyaning sobiq qiroli) Iroq qiroli deb e’lon qilinishiga erishdi. Amalda esa hokimiyat, mandat tizimi qoidasiga ko’ra, ingliz Oliy komissari qo’lida edi.
Iroq milliy partiyasi (rahbari Abu Timman),Iroq uyg’onish partiyasi (rahbari as-Sadr) boshchiligida Iroq xalqi ozodlik kurashini davom ettirdi.
1930-yilning 30-iyunida Buyuk Britaniya va Iroq o’rtasida 25 yillik yangi shartnoma imzolandi. Iroq nomidan shartnomani Bosh vazir Nuri Said imzoladi. Shartnomaga ko’ra, Buyuk Britaniya Iroq Millatlar Ligasiga kirgandan so’ng, uni mustaqil davlat, deb tan oladigan bo’ldi.
1932-yil 3-oktabrda Iroq Millatlar Ligasiga qabul qilindi va shu tariqa u to’la bo’lmasa-da davlat mustaqilligiga erishdi. 1933-yildi hokimiyatga al-G’ayloniy keldi. Hukumat bir necha marta o’zgardi.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Iroq Germaniya bilan diplomatik aloqasini uzdi va o’zining betarafligini e’lon qildi. Shunday boisa-da, uning iqtisodiyoti amalda Buyuk Britaniyaga xizmat qildi. 1941-yilning 1-aprelida «Oltin kvadrat» deb atalgan harbiy tashkilot (al-G’ayloniy) davlat to’ntarishi o’tkazdi. Biroq bu hoi uzoq davom etmadi. 2-may kuni Buyuk Britaniya armiyasi harbiy harakat boshladi va Iroqni to’la ishg’ol etdi, yana Buyuk Britaniyaga xayrixoh kuchlar hukumati tiklandi. 1943-yilning 17-yanvarida Iroq Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi.
Misr XIX asrning 80-yfflanda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni metropoliya, xomashyo bazasiga aylantirdi. Birinchi jahon urushi tugaganidan so’ng ozodlik kurashining yangi to’lqini boshlandi. Vatanparvar kuchlar «Misr vakillari» («Vadf Misri») deb atalgan tashkilot tuzdilar. U Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot edi. Tashkilotni Saad Zag’lul boshqardi.
1919-yilning 9-may kuni Qohira aholisi namoyishga chiqdi. Namoyish uch kun davom etdi. «Misr — misrliklar uchun» shiori ostida o’tkazilgan ushbu tinch namoyish mustamlakachilar tomonidan o’qqa tutildi. Aholi noroziligini pasaytirish uchun Saad Zag’lul mamlakatga qaytarildi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni bundan buyon eski usullar yordamida itoatda saqlab turish mumkin emas-ligini yaxshi tushunar edilar. Endi Buyuk Britaniya «yangi» — sinalgan yo’lni tanladi. Bu yo’l Misrga davlat mustaqilligi berish, biroq turli kuchli vositalar yordamida uning amalda Buyuk Britaniyaga qaramligini saqlab qolish yoii edi. Shu tariqa Buyuk Britaniya 1922-yilning 28-fevralida Misrning mustaqilligini tan oldi. Misr mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi.
1924-yilning yanvarida Saad Zag’lul boshchiligida hukumat tuzildi.
1924-yilda misrlik terrorchi tomonidan Sudandagi ingliz general-gubernatori o’ldirildi. Bundan Buyuk Britaniya Misrga qarshi harbiy harakat boshlashga bahona sifatida foydalandi. Natijada Zag’lul hukumati iste’fo berishga majbur bo’ldi.
1936-yilning avgustida Buyuk Britaniya Misrni o’zi uchun qulay shartnoma imzolashga majbur etdi. Shartnomaga ko’ra, Misrdagi ingliz Oliy komissari endilikda elchi deb ataladigan bo’ldi. Nomiga bo’lsa-da ingliz okkupatsiya rejimi bekor qilindi. Biroq shartnoma Buyuk Britaniyaga Suvaysh kanali zonasi, Qohira va Aleksandriya shaharlarida o’z armiyasini saqlash huquqini berdi.
Shu tariqa 1936-yilgi ingliz-misr shartnomasi amalda ingliz hukmronligirii saqlab qoldi.
1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Misr Buyuk Britaniya tomonida turishini ma’lum qildi. 2-sentabr kuni Misr hukumati mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Mamlakat iqtisodiyoti Buyuk Britaniya manfaati uchun xizmat qilaboshladi.
1945-yilning fevral oyida Misr Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush
e’lon qildi. Bu Misrga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ta’sis konferen-
siyasida qatnashish huquqini berdi..
XX asr boshlarida ham Jazoir Fransiya mustamlakasi zulmi ostida
edi. (Fransiya Jazoirni 1830-yildayoq bosib olgan edi). Birinchi jahon urushi yillarida Jazoir iqtisodiyoti Fransiya manfaatiga xizmat qildirildi. 1920-yilda Jazoir vatanparvarlari «Yosh jazoirlik» partiyasini tuzdilar. Partiyaga Jazoir xalqining qahramoni Abdul-Qodirning nabirasi Amir Holid rahbarlik qildi.
1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Jazoir iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Bu esa xalqning turmush darajasi yanada yomonlashuviga olib keldi. Buning ustiga to’rt yil davom etgan qurg’oqchilik oqibatida chorva mollarining 80 foizi qirilib ketdi.
1940-yilda Fransiya taslim bo’lgach, Jazoir amalda fashistlarga qaram bo’lib qoldi. Bu hoi milliy burjuaziya orasida bo’linish yuz berishiga olib keldi. lining bir qismi Germaniya bilan, katta qismi esa Buyuk Britaniya va AQSH bilan hamkorlik qilish tarafdori edi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi. 1942-yil noyabrida Shimoliy Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo’shinlari nemis-italyan qo’shinlariga qaqshatqich zarba berdi. Fashist qo’shinlari Jazoirdan ham quvib chiqarildi. Lekin bu hodisa Jazoirni mustamlaka zulmidan ozod etmadi. U Fransiya mustamlakasi bo’lib qolaverdi.
1920-yilda Ispaniya Marokashning Rif viloyatini bosib olish niyatida hujum uyushtirdi. Ispan bosqinchilariga qarshi kurashga Muhammad Abdul Karim boshchilik qildi. 1921-yilning iyulida rifliklar ispan qo’shinlarini tor-mor etdilar. Sentabr boshlarida Rif Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Abdul Karim Respublika prezidenti lavozimini egalladi. Bundan Marokashning bir qismini bosib olgan Fransiya mustamlakachilari tashvishga tushib qoldilar. Fransiya Rif respublikasini tugatish payiga tushdi. Shu maqsadda 1924-yilning yozida unga hujum qildi. Biroq Fransiya o’zi rejalashtirgan oson g’alabaga erisha olmadi. Endi u Ispaniya bilan birgalikda Rif Respublikasini qonga botirishga kirishdi. 1925-yilning sentabrida bu ikki davlat armiyasi birgalikda Rif Respublikasiga qarshi hujum boshladi. Urush harakatlari 1926-yilning may oyigacha davom etdi. Kuchlar teng bo’lmagan bu urushda Rif Respublikasi armiyasi yengildi. Abdul Karim asir olindi. 1937-yilda esa tashkilot faoliyati taqiqlandi. Ispaniya Marokashida Franko diktaturasi o’rnatildi.
XX asr boshlarida Tunis ham Fransiya mustamlakasi edi. To’g’ri, mamlakatini nomiga bo’lsada Tunis biyi boshqargan.
1922-yilning iyul oyida Fransiya hukumati Tunisda Konstitutsiyaviy islohotlar o’tkazish haqida dekret chiqarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, Tunisda Katta Kengash (parlament) tuzilishiga ruxsat etildi. Biroq unda fransuzlarning vakillari ko’pchilikni tashkil etishi belgilab qo’yildi. «Dastur» a’zolarining bir qismi bunga rozi bo’lsa-da, advokat Habib Burg’iba boshchiligidagi guruh undan norozi bo’ldi. Bu guruh 1934-yilda «Yangi dastur» partiyasiga birlashdi. Tez orada partiya rahbarlari hibsga olindi.
Nazorat savolari.
Arab davlatlari qaysi qit`alarda joylashgan?
Suriya qaysi davlat mustamlakasi edi?
Misr qay tariqa mustaqillikka erishdi?
Jazoir qachon mustaqillikka erishdi?
Tayanch iboralar.
“Mustaqillik posbonlari” Iroqda Ja`far Abu Timman rahbarligida inglizlarga qarshi tuzilgan jamiyat.
“VadfMisri” (Misrr vakillari) – Saad Zag’lul boshchiligida Misrda tuzlilgan vatanparvar kuchlar tashkiloti.
Test savollari
Misr ikkinchi jahon urushida qaysi davlatlarga qarshi urushdi?
A) Abgliya, Fransiya. B) Germaniya, Yaponiya. S) SSSR. Turkiya
Marokashda ispan bosqinchilariga qarshi kuchlarga kim rahbarlik qilgan?
A) Franko. B) Muhammad Abdul Karim. S) Hukumat Sulaymon.