Salib yurishlari Sabablari

Salib yurishlari Sabablari .


Kuchayib borayotgan Turklar Vizantiya imperiyasiga tahdid solishdi. Imperator Aleksiy papa Urban II dan yordam so’radi va Urban II masihiy ritsarlarning zo’ravon kuchidan foydalanish usullarini ko’rib, ularni Quddusni qaytarib olishga chaqirdi. Minglab odamlar javob qaytarishdi, natijada birinchi Salib yurishlari boshlandi .


Ammo Salib yurishlariga sabablar faqatgina bu emas . Salib yurishlariga turtki bo‘lgan eng asosiy sabablardan biri bu — Yevropa istibdod va qashshoqlik davrida edi . Ochlik va faqirlik o‘latdek tarqalgan edi . Bu vaqtda Osiyoda Islom dini asosida ilm — fan yuksak darajaga chiqqan edi . Musulmon o‘lkalarida ne‘matlar ko‘p , turli xildagi fanlar yuksak rivojlangan edi . Xususan arab davlatlarida buning yaqqol guvohi bo‘lish mumkin edi . Nasroniylar ochko‘zlik , mo‘l ko‘l o‘ljalar va yaxshi hayot natijasida Quddusga intildilar va Salib yurishini tashkil qildilar .