Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfonlar orasida 2chi bo’ladi

Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfonlar orasida 2chi bo’ladi


Xiaomi 12T seriyasi ikki modelni oʻz ichiga oladi: Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro. Oddiy modeldan farqli oʻlaroq, Pro model Samsungʻning 200 megapikselli kamera sensori, ISOCELL HP1 bilan jihozlangan boʻladi. Biz bu sensorni Motorola oʻtgan oyda taqdim qilgan Edge 30 Ultra smartfonida koʻrgan edik. Xiaomi 12T Pro bunday sensorga ega dunyodagi ikkinchi smartfon boʻladi.


200MP kamera yolgʻiz emas. Unga 8 megapikselli ultra-keng va 2 megapikselli makro kameralar yordamchilik qiladi. Xuddi shunday qoʻshimcha kameralar bilan oddiy model 108MP asosiy kameraga ega boʻlishi kutilmoqda.


@techuzbtv