Qaysi Android va iPhone smartfonlarida eSIM mavjud?

Qaysi Android va iPhone smartfonlarida eSIM mavjud?


Asta-sekinlik bilan smartfonlarda oddiy plastik SIM-karta o‘rnini qulayroq va texnologik jihatdan ilg‘orroq eSIM texnologiyasi egallamoqda. Kanalimizda ushbu texnologiya haqida ma’lumot berilgan (https://t.me/gsmgurus_FAQ/825), qisqacha aytganda eSIM smartfoningizga virtual profil yordamida mobil tarif va raqamni ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, eSIM modullarining so‘nggi avlodlari bir vaqtning o‘zida bir nechta SIM-kartalardan foydalanish imkonini beradi. Smartfondagi eSIM moduli ham oddiy SIM-karta singari UzIMEI tizimidan alohida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Bugungi kunda O‘zbekiston hududida Mobiuz, Uztelecom (Uzmobile) va Beeline mobil operatorlari eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Quyida smartfonlar ro‘yxati:

Samsung (Janubiy Koreyadan keltirilgan Galaxy (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1272) smartfonlarida eSIM uchramaydi )


Galaxy S22 / S22 Plus / S22 Ultra

Galaxy S21 / S21 Plus / S21 Ultra

Galaxy S20 / S20 Plus / S20 Ultra

Galaxy Fold (barcha versiyalari)

Galaxy Z Flip (barcha versiyalari)

Galaxy Note20 / Note20 Ultra


Huawei

P40 / P40 Pro

Mate 40 / Mate 40 Pro

Watch 3 LTE / 3 Pro LTE


Google

Pixel 3 / 3 XL / 3a / 3a XL

Pixel 4 / 4a / 4 XL

Pixel 5 / 5a

Pixel 6 / 6A / 6 Pro


Apple iPhone (Dual SIM versiyalaridan tashqari)

iPhone XR / Xs / Xs Max

iPhone 11 / 11 Pro / 11 Pro Max

iPhone 12 / 12 mini / 12 Pro / 12 Pro Max

iPhone 13 / 13 mini / 13 Pro / 13 Pro Max (Dual eSIM)

iPhone SE (2020) / SE (2022)