🖥 Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. 🏷
🔌 Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Dastlab, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
🔋 Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi — UPS (ingl. Uninterruptible Power Supply — uzluksiz quvvat manbai) qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ishlab turadi hamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’yish, yoki dasturlar ishini tugatish uchun va hokazo.