Qaysi holatlarda 32 GB xotira 128 GB dan yaxshiroq yoki nima uchun smartfoningiz sekin ishlaydi
Qaysi holatlarda 32 GB xotira 128 GB dan yaxshiroq yoki nima uchun smartfoningiz sekin ishlaydi
Smartfon ilovalar bilan ortiqcha yuklanmagan va kuchli protsessorga ega bo‘lsa ham, u sekin ishlashi mumkin. Chunki qurilmada o‘rnatilgan ichki flesh-xotira turiga bog‘liq holatlar mavjud.
Har bir foydalanuvchi smartfonidagi ilova va fayllarni tezroq ochilishini xohlaydi. Odatda, buning uchun kuchli protsessor, katta hajmdagi operativ xotira va ko‘proq gigabayt flesh-xotiraga ega smartfon sotib olishadi. Biroq, boshqa teng parametrlarda 32 GB flesh-xotiraga ega smartfon 128 Gbaytli qurilmadan tezroq ishlashini hisobga olishmaydi.
Flesh-xotiraning xususiyatlari
Ishlab chiqaruvchilar flesh-xotiraning ma’lumotlarni o‘qish va yozish tezligini ma’lum qilishganda, ular odatda katta hajmdagi ma’lumotlar almashinuvining tezligini ko‘rsatishadi.
Ammo smartfondagi ilovalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular katta hajmdagi fayllarni yozish amalini bajarmaydi. Ilovalarning odatiy ishlashi kichik xotira bloklaridagi 4-16 kilobaytdagi amallardan iborat. Bu katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘qish yoki yozishga qaraganda ancha og‘irroq rejim.
Agar smartfondagi flesh-xotira kichik bloklarda ishlashning yuqori tezligini ta’minlay olmasa, kuchli protsessor va katta hajmdagi operativ xotira yordam bera olmaydi. Shuning uchun, masalan, kompyuterda mexanik qattiq diskni, SSD (flesh-xotira) bilan almashtirish qurilma ishlashini ancha tezlashtiradi.
Ilovalar uchun flesh-xotira tezligi
microSD (https://t.me/gsmgurus_FAQ/946)kabi xotira kartalari katta hajmdagi ma’lumotlar (video, katta hajmdagi fayllar) almashinuvi uchun juda mos, lekin kichik bloklar, ya’ni ilovalar bilan ishlash uchun mos emas. Shu sabab, doimiy va muammosiz ishlashi kerak bo‘lgan ilovalarni (masalan Telegram) tashqi xotira kartasiga (microSD) ko‘chirmaslikni kanalimizda bir marta ta’kidlaganmiz.
Smartfonlarning ichki xotirasida YEMMC va UFS tipidagi flesh-xotiralardan foydalaniladi. Qisqa qilib aytganda, EMMC sekin va arzon, UFS esa tez va qimmat. Ushbu standartlarning har biri bir necha avlodga ega, ular tezligi bilan farqlanadi.
YEMMC flesh-xotira SD formati bilan juda o‘xshash va aslida smartfon platasida chip shaklidagi SD xotira hisoblanadi. Shuning uchun EMMC kichik bloklar bilan ishlashda SD bilan bir xil muammolarga ega. So‘nggi versiyadagi eMMC 5.1 katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda 125 MB/s va 4 KB bloklarni yozishda 7.16 MB/s tezlik ko‘rsatgichiga ega. 2019 yilda takomillashtirilgan eMMC 5.1A taqdim qilingan.
So‘nggi bir necha yil davomida Universal Flash Storage (UFS) xotirasi ommalashib bormoqda. UFS 1.0 ning birinchi versiyasi 2011 yilda ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2018 yilda katta hajmdagi ma’lumotlarni yozish tezligi 1801 MB/s, 4KB bloklarida esa — 137,5 MB/s bo‘lgan UFS 3.0 ni taqdim etildi. Bugungi kunda mashhur bo‘lgan UFS 2.1 xotirasi katta hajmdagi ma’lumotlarni yozishda 260 MB/s va 4KB blok yozishda 140 MB/s tezlikda ta’minlaydi.
Birinchi avlod UFS xotiralari fayllarni nusxalash tezligini eMMC ga qaraganda uch baravar tezroq amalga oshirgan. UFS va eMMC o‘rtasidagi yana bir farq shundaki, birinchisi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida o‘qishi va yozishi mumkin, ikkinchisi esa faqat o‘qishi yoki faqat yozishi mumkin.
Sekin, lekin katta hajmli xotiraga ega smartfonlarga misol: Huawei P30 Lite (128 GB eMMC), Xiaomi Redmi Note 8 (128 GB eMMC), Samsung Galaxy A70 (128 GB eMMC), Xiaomi Redmi Note 7 Pro (128 GB eMMC).
Tez, lekin kichik hajmli xotiraga ega smartfonlarga misol: Samsung Galaxy S8/S9 (64 GB UFS 2.1), Xiaomi Redmi Note 8 Pro (64 GB UFS 2.1), Samsung Galaxy A51 (64 GB UFS 2.0), Xiaomi Mi 9T (64 GB UFS 2.0).
Smartfoningizda o‘rnatilgan xotira turini bilish uchun, ushbu saytdan foydalaning: