Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)

Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)


Oltin kelganda, kumush ketar,

Kumush kelganda, oltin ketar.

(Quyosh, Oy)


Bir parcha patir,

Olamga tatir.

(Oy)


Onasi bitta.

Bolasi mingta.

(Oy va yulduzlar)


Zar gilam, zar-zar gilam,

Ko‘taray desam, og‘ir gilam.

(Yer)


Ketaveradi, ketaveradi,

Orqasiga qaramaydi.

(Suv, ariq)


Ko‘zga ko‘rinmas,

Qo‘lga tutilmas.

(Havo)


Oppoqqina dasturxon,

Yer yuzini qoplagan.

(Qor)


Oq tovuq,

Katagi sovuq.

(Qor)


Oqqina tovuq xirmon sochar.

(Qor)


Oq sigir turib ketdi,

Qora sigir yotib qoldi.

(Qor, yer)


Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.

(Shamol)


Chopsa, chopilmas,

Kessa, kesilmas.

(Soya)