BOLA PULI OLISH UCHUN ARIZA QAYERGA TOPSHIRILADI.

BOLA PULI OLISH UCHUN ARIZA QAYERGA TOPSHIRILADI.


⚡️SAVOL;

Men turmushga chiqib qaytib kelganman. Hozirda o‘zim tug‘ilib o‘sgan uyimdaman lekin, propiskam turmush o‘rtog‘imni uyiga qo‘yilgan. Men mahallaga bola puli uchun ariza berish maqsadida murojaat qilaman desam, sizning propiskangiz buyerda emas ekan, qayerda ro‘yxatda bo‘lsangiz o‘sha yerga ariza topshirasiz deyabdi. Shu to‘g‘rimi ?


⚡️JAVOB;

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi deb ko‘rsatilgan.


🟢 Yuqoridagi normaga asosan MFY mas’ul hodimi tomonidan aytilgan gap to‘g‘ri va o‘sha hodimga besh baho qo‘ysak bo‘ladi lekin, mazkur nizomning 11-bandida siz bilan birga yashayotgan oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri ariza beruvchi bo‘lishi mumkinligi xam ko‘rsatilgan. Ya’ni, sizni o‘rningizga hozir siz yashayotgan uydagi istalgan oila a’zosi ariza berishi mumkin. Shunga asosan MFY tomonidan faqat propiskani muammo qilib, boshqa tomonlarini tushuntirmasdan sizni qaytarib yuborganligi uchun o‘sha qaytarib yuborgan hodimni kundaligiga qo‘ygan beshimizni o‘chirib o‘rniga ikki qo‘ysak undanam yaxshi bo‘ladi…