Bolani tug‘ilganlik guvohnomasidagi xatolik uchun davlat boji to‘lanadimi.

Bolani tug‘ilganlik guvohnomasidagi xatolik uchun davlat boji to‘lanadimi.


⚡️SAVOL;

Farzandimni tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoxnomasiga FIO noto‘g‘ri yozib qo‘yilgan bo‘lsa uni to‘g‘rilatish uchun men davlat boji to‘lashim kerakmi ?


⚡️JAVOB;

O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020 yil kungi «Davlat boji to‘g‘risida» gi qoununi 12-moddasiga asasan, jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‘zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun davlat boji undirilmasligi belgilangan.


✏️ Demak siz farzandingizni tug‘ilganlik guvohnomasida FIO dagi xatoliklarni to‘g‘rilatish uchun boj to‘lamaysiz. Sizdan o‘ttiz ming so‘m bo‘ladi desa indamay to‘lab kelavermang yana.