UY-JOY UCHUN SUBSIDIYALAR FAQAT KAM TA’MINLANGANLARGA BЕRILADIMI.
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYALAR FAQAT KAM TA’MINLANGANLARGA BЕRILADIMI.
⚡️ SAVOL;
Uy-joy uchun subsidiya olmoqchi bo‘lsam bir-iktasi subsidiya faqat kam ta’minlangan oilalarga beriladi deyishmoqda. Shu to‘g‘rimi ?
⚡️JAVOB;
O‘sha bir-iktasi noto‘g‘ri aytibdi.
Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
✅ Qishloq joylarda — Eng kam ish haqi (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000) dan kam va 6,9 baravari (5 671 800)dan yuqori bo‘lmasligi kerak
✅ Shaharlarda — Eng kam ish haqi (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000)dan kam va 8,0 baravari (6 576 000)dan yuqori bo‘lmasligi kerak
✅ Toshkent shahrida — Eng kam ish haqi (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000)dan kam va 9,2 baravari (7 562 400) dan yuqori bo‘lishi kerak emas.
✏️ Yuqorida ko‘rib turganimizdek, uy-joy uchun subsidiya olishga talabgor va birga qarz oluvchi birgalikda ma’lum darajada mablag‘li bo‘lishi kerak. Doimiy pul kelib turadigan joyi bo‘lishi kerak va pul kelib turadigan joyini tasdiqlaydigan xujjatini taqdim qilishi kerak. Eng kamida bir oyda ikkiyarim million so‘m pul topa oladigan bo‘lishi kerak. Shundagina adolatga qarshi adolat, Klichkoga qarshi Hasanboy, Hasanboyga qarshi Xusanboy bo‘lib qolmaydi.