OTA VOYAGA YETGAN BOLASIDAN ALIMЕNT TALAB QILA OLADIMI.

OTA VOYAGA YETGAN BOLASIDAN ALIMЕNT TALAB QILA OLADIMI.


⚡️SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan bundan bir-necha yil oldin ajralishib ketganmiz. Bir nafar farzandimga aliment to‘laydi. Hozirda u menga farzanding voyaga yetganida to‘lagan alimentlarimni qaytarib olaman deyabdi shu to‘g‘rimi. Turmush o‘rtog‘im endi 45 yoshda, topayotgan daromadi xam yaxshi. Farzandim voyaga yetishi bilan o‘qishga kirsa qanday aliment to‘lay oladi. Agar turmush o‘rtog‘imni gapi to‘g‘ri bo‘lsa unga qancha aliment to‘lash kerak ?


⚡️JAVOB;

To‘g‘ri Oila kodeksining 109-moddasida, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart qilib belgilangan. Ushbu kodeksning 110-moddasida, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizi (96 585 so‘m)dan kam bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatilgan.


❗️Lekin, Sizni holatingizda turmush o‘rtog‘ingizni sizga aytgan gaplari unchalik ham to‘g‘ri emas. Yuqorida ko‘rib turganimizdek voyaga yetgan farzandidan aliment talab qilishi uchun turmush o‘rtog‘ingiz mehnatga layoqatsiz va yordamga muxtoj bo‘lishi kerak. Mehnatga layoqatli bo‘la turib farzandi 18 yoshga to‘lishi bilan alimentga bersa sudlar uni arizasini qanoatlantirib yuboravermaydi.