BOLA PULI UCHUN TOPSHIRILGAN ARIZANING NATIJASINI QACHON BILISH MUMKIN.
⚡️SAVOL;
Men o‘tgan oyda bola puli uchun ariza topshirgan edim. Menga telefoningizga SMS boradi degan edi lekin, xaligacha xechqanday SMS kelmadi. Shu to‘g‘rimi ?
⚡️JAVOB;
Yo‘q bu noto‘g‘ri, Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan, kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasiga ko‘ra, Sizni o‘tgan oyda topshirgan arizangizni natijasi shu oyning 01-sanasiga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali telefoningizga SMS shaklida kelgan bo‘lishi kerakligi belgilangan.
✏️ Telefoningizga kelgan SMS da arizaga ilova qilib topshirgan xujjatlaringiz «Tegirmon»dan o‘tgan bo‘lsa o‘tgan deb, o‘tmagan bo‘lsa nima sababdan o‘tmaganligini asoslab javob yuborilgan bo‘lishi kerak.
✏️ Agar shu kungacha sizga SMS kelmagan bo‘lsa tegirmondan habar oling. Suv qo‘shib bo‘lmaydigan aparatga biznikilar suv quyib qo‘yayotganligi sababli xozir bizda bunaqangi tegirmonlar judaaa yaxshi ishlab ketgani yo‘q…