ISH HAQINI UNDIRISH BO‘YICHA SUDGA DA’VO ARIZA KIRITILSA QANCHA DAVLAT BOJI TO‘LANADI.

ISH HAQINI UNDIRISH BO‘YICHA SUDGA DA’VO ARIZA KIRITILSA QANCHA DAVLAT BOJI TO‘LANADI.


⚡️ Savol; Men ishlayotgan joyimdan uch oydan beri oylik olganim yo‘q. Agar men o‘sha tashkilotni sudga bersam qancha davlat boji to‘layman ?


⚡️ Javob; Siz bu holatda davlat boji to‘lamaysiz. http://old.lex.uz/docs/142859 👈 manabu kodeksning 277-moddasida, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar deb yozib qo‘yilgan. Qolaversa https://lex.uz/docs/4680944 👈 manabu qonunning 8-moddasiga ko‘ra, da’vogarlar — ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinganligi ko‘rsatilgan.


📃 http://old.lex.uz/docs/142859 👈 manabu kodeksning 161-moddasiga asosan mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas deb o‘sha rahbaringiz yaxshilab ochib o‘qishi uchun yozib qo‘yilgan.


✏️ Xullas siz uch oydan beri oylik olmayotgan bo‘lsangiz bemalol sudga da’vo ariza bilan murojaat qilsangiz bo‘ladi va buning uchun sizdan davlat boji undirilmaydi