Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozi.


⚡️ Savol; Men ikkinchi gurux nogironiman. O‘zim davlat tashkilotida ishlayman. Menga soliq bo‘yicha imtiyoz beriladimi ?


⚡️ Javob; Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (822 000 so‘m) ning 1,41 baravari (1 159 020 so‘m) miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod qilinishi belgilangan.


🟢 Bu normani soddalashtiradigan bo‘lsak;


✏️ Aytaylik siz o‘sha ishlayotgan tashkilotingizda 2 million so‘m oylik olasiz. Shunda sizni 1 159 020 so‘m daromadingizga nisbatan soliq solinmaydi. Shu summadan ortgan 840 980 so‘m qismidangina soliq ushlab qolinishi mumkin.


❗️Faqat bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Shunday ma’lumotnoma bilan siz ish joyingiz rahbariyatiga murojaat qilishingiz kerak.