ER-XOTINNING QONUNIY NIKOHI DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARINING XAMMASI XAM BO‘LINMASLIGI MUMKIN.

ER-XOTINNING QONUNIY NIKOHI DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARINING XAMMASI XAM BO‘LINMASLIGI MUMKIN.


⚡️ Savol; Men turmush o‘rtog‘im bilan 2 yildan beri birga yashamayman lekin qonuniy nikohimiz xali bekor qilinmagan.Turmush o‘rtog‘im shu ikki yil ichida uch xonali uy sotib oldi. Men uning o‘sha sotib olgan uyini yarmiga da’vo qilishim mumkinmi ?


⚡️ Javob; Oila kodeksining 27-moddasi er va xotinning umumiy (Qonuniy nikohi davomida orttirilgan yoki umumiy deb topilgan boshqa mol-mulk) mol-mulkini bo‘lish deb nomlanib, ushbu moddaning birinchi qismida er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni, siz birga yashab turgan vaqtingizda xam undan keyin xam umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin lekin, ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘pam etiborni tortmaydigan bir norma bor.


❗️U normada shunday deyiladi;


👉 Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.


✏️ Bu nima degani ? Bunda er-xotin xali qonunan ajrashmagan lekin xuddi sizni holatingiz kabi birga xam yashamaydi. Manashunday holatda ya’ni, ular rasman ajrashmay turib birga yashamagan vaqtida orttirilgan mol-mulk sud tomonidan ularning birgalikdagi umumiy mulki deb topilmasligi mumkin va o‘z navbatida bunday mol-mulk bo‘linmasligi mumkin degani. Topgan topganniki, olgan olganniki degani. Faqat bu jarayon mulkni bo‘layotgan sudning mutloq vakolatiga kiradi. Sud bo‘lish kerak desa bo‘linadi, bo‘lishni lozim topmasa bo‘linmaydi.