MODDIY YORDAM NAFAQASI KIMLARGA, QANCHA MUDDATGA VA NЕCHPUL TAYINLANADI.
⚡️ Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
⚡️Prezidentning 11.08.2021 yil kungi PF-6277-son farmoniga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.