QANDAY HOLLARDA SUBSIDIYA BЕRILISHI RAD QILINADI.
⚡️ Savol; Uy-joy sotib olish uchun subsidiya berilishi qanday hollarda rad qilinishi mumkin ?
⚡️ Javob; Hukumatning 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, quyidagi hollarda ariza beruvchiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishi rad etilishi mumkin:
🟢 Kerakli xujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
🟢 Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
🟢 Taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
🟢 Mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;
🟢 Ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
🟢 Joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
🟢 Ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsiz deb topilganda;
🟢 Ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
🟢 Oilaning oylik daromadi bundan oldingi postdagi kabi belgilangan miqdorlardan ko‘p yoki kam bo‘lganda.