RASMIY DAROMAD DЕGANI NIMA O‘ZI.

RASMIY DAROMAD DЕGANI NIMA O‘ZI.


Savol; Men ko‘p tashkilotlarga borib murojaat qilsam menga siz rasmiy daromadga ega emas ekansiz deyishadi. Nima o‘zi u rasmiy daromad ?


Javob; Rasmiy daromad tushunchasiga tarif beradigan bo‘lsak, rasmiy daromad___insonning aqliy va jismoniy faoliyati orqali olayotgan daromadi rasmiy xujjatlarda o‘z aksini topishi deyishimiz mumkin. Ya’ni, siz qanday ish bilan shug‘illanishingizdan qat’iy nazar sizni daromadingiz o‘sha ishlayotgan joyingizda yuritiladigan rasmiy xujjatlarda ko‘rinib tursa demak siz rasmiy daromadga egasiz. Agar daromadingiz ko‘rinmasa rasmiy daromadli shaxs bo‘lmaysiz. Siz ishlayotgan joyingizni o‘zi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa u yerda yuqorida aytganimizdek rasmiy xujjatlar yuritiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa yuritilmaydi.


✏️ Yanayam soddalashtiradigan bo‘lsak, siz rasmiy daromadga ega bo‘lishingiz uchun aynan davlat tashkilotida ishlashingiz shart emas. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xar qanday korxona, firma yoki tadbirkorning qo‘lida ishlab rasmiy daromad olishingiz mumkin. Faqat siz u yerda mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan bo‘lsangiz bo‘ldi.


✏️ Siz shunchaki mavsumiy ishchimisiz demak, rasmiy ishchi emassiz. Chet davlatga ishlash uchun davlat tomonidan ketmaganmisiz undaxam rasmiy ishchi emassiz.


✏️ Xullas O‘zbekistonda bo‘lasizmi, Rossiyada bo‘lasizmi, Xindistonda bo‘lasizmi, Pokistonda bo‘lmesizmi farqi yo‘q. Xujjat gapiradi…