3 NAFAR UCH YOSHDAN KATTA BO‘LGAN BOLALAR UCHUN QANCHA BOLA PULI BЕRILADI.
⚡️ Savol; Meni 6 yosh, 11 yosh va 17 yoshlik farzandlarim bor. Eshitishim bo‘yicha xozir oilada nechta farzand bo‘lsa ularni xammasiga bola puli berilar ekan. Agar men maxallaga xujjat topshirsam va bizga bola puli beriladigan bo‘lsa o‘sha uchta bolamga nechpul pul olaman.
⚡️ Javob; Agar sizni oilaviy sharoitingiz Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yil kungi 654-son qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom talablariga to‘g‘ri kelsa, Prezidentning PF-6277-son farmoniga ko‘ra sizni uch nafar 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlaringiz uchun 500 ming so‘m miqdorida bola puli beriladi.
✅ 1) 250 000 + 2) 150 000 + 3) 100 000 = 500 000