🟢 Chet elda ishlaydigan shaxslarning bolalariga bola puli berilmaydimi.
Savol; Meni turmush o‘rtog‘im Rossiyaga ishlashga ketgan. 3 nafar farzandim bor. Mahallaga bola puli olish uchun murojaat qilsam sizga eringiz Rossiyada bo‘lganligi uchun bola puli berilmaydi deyabdi. Shu to‘g‘rimi ?
Javob; Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari (1 644 000 so‘m) miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi deyilgan.
🟢 Bu nima degani, bu agar turmush o‘rtog‘ingiz chet davlatga ishlash uchun ketgan bo‘lsa va uni o‘sha davlatda qancha mablag‘ topayotganligini elektron tartibda aniqlashning imkoni bo‘lmasa demak turmush o‘rtog‘ingiz EKIX ning ikki baravari (1 644 000 so‘m)ni topyabdi deb xisoblanadi. Amalda uyerda bundan ko‘p topayotgan bo‘lsa xam kam topayotgan bo‘lsa xam farqi yo‘q uni daromadi shu ikki baravarga teng bo‘ladi. Bola puli tayinlanishi uchun oilaning jami daromadini aniqlash turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan shu ikki baravardan kelib chiqib xisoblanaveradi.
✅ Xullas turmush o‘rtog‘ingizni chet davlatda ekanligi sababli farzandlaringizga bola puli berilmaydi deyilgan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Shu ma’lumotni ko‘rsatavering sizga o‘sha gapni aytgan aqlliga.