🟢 Temir daftar nima maqsadda tuziladi ?
🟢 Hukumatning 250-son qaroriga ilova shaklda keltirilgan «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibga ko‘ra, «Temir daftar» — ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha yuritiladigan ma’lumotlar bazasi xisoblanadi va ushbu daftar tuzilishining asosiy sababi xam ijtimoiy qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalarga moddiy va boshqacha shaklda yordam berishdan iborat.
❗️Moddiy yetishmovchilik yoki yuqorida ko‘rsatilgan boshqa muammoli masalalar bo‘yicha hokimiyatga va boshqa tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam so‘rab borgandan ko‘ra ushbu imtiyozli daftarlarga kiritilishingizni so‘rab murojaat qilganingiz yaxshiroq. Chunki birinchi navbatda imtiyoz va yordamlar manashunday daftarlarga kiritilgan shaxslarga beriladi.
✅ Masalan bunday imtiyozlardan biri, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan farzandlarini kontrakt summasining 50 foizigacha, (Biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (13 500 000) dan oshmagan miqdorda) bo‘lgan qismi tegishli jamg‘armalar tomonidan to‘lab beriladi.