Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ?

🔴 Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ?


Savol; Men homiladorman. Oilamda notinchlik va turmush o‘rtog‘im kelishmovchiliklar sababli men bilan ajrashmoqchi. Men ajralishga qarshiman. Meni roziligimsiz turmush o‘rtog‘im sudga ariza berishi to‘g‘rimi ?


Javob; Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinning roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas


❗️Demak yuqoridagi normaga ko‘ra turmush o‘rtog‘ingiz nafaqat xozirgi homiladorlik paytingizda qolaversa bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida ajrim uchun sizni roziligingiz bo‘lmay turib ish qo‘zg‘atishga haqli emas.