ENDI XODIMLAR PЕNSIYA YOSHIGA YETGANDA PЕNSIYAGA CHIQISHGA MAJBUR BO‘LMAYDI.
📃 15.03.2022 yil kuni PQ–167-son “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
✅ Qarorga muvofiq, xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadigan bo‘ldi.
✅ Qarorda Prezident Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuqoridagi masalani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tegishli qonun loixasini tayyorlash vazifasini yuklagan.
✅ Bundan oldin Prezidentining 07.03.2019 yildagi PQ-4235-son qarori bilan ayollar pensiya yoshiga yetganidan keyin yana besh yil davomida ya’ni, 60 yoshga to‘lmaguncha ular ish beruvchi tomonidan ishdan bo‘shatilishi mumkin emasligi belgilangan edi. Menimcha bu safargi qaror bilan erkaklarlarga xam shunday huquq berilmoqda. Faqat bu qarorda hodimlar pensiyadan keyin yana necha yoshgacha ishlashi mumkinligi noma’lum. Bunisini qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgarish kiritilganidan keyin bilamiz. Chunki tegishli qonun bilan Mehnat kodeksining 100-moddasiga o‘zgarish kiritilmasa, amaliyotda kodeks ustunmi yoki qarormi degan shakarob o‘yinlari boshlanadi.