SHAR’IY NIKOHDA BO‘LGANLAR XAM ALIMЕNT UNDIRSA BO‘LADIMI ?
⚡️Savol;
Men va turmush o‘rtog‘im shar’iy nikoh bilan oila qurganmiz. O‘rtada bir nafar farzandimiz bor. Hozirda biz u bilan ajralishganmiz va bir yildan beri birga yashamaymiz. Shar’iy nikohda bo‘lsam xam men undan aliment talab qilsam bo‘ladimi ?
⚡️Javob;
Qonunchilikka ko‘ra, aliment agar bola sizda bo‘lsa bolaning tug‘ilganlik guvohnomasida ota deb yozilgan shaxsdan undiriladi va siz bemalol aliment undirish uchun sudga da’vo qilsangiz bo‘ladi. Agar bolaning tug‘ilganlik guvohnomasida otasi degan joyida turmush o‘rtog‘ingiz ko‘rsatilmagan unda fuqarolik sudiga avval bolaga otalik huquqini belgilash bo‘yicha ariza berasiz va otalik belgilanganidan keyin otaligi belgilangan shaxsdan aliment talab qilsangiz bo‘ladi.