ULARGA BOG‘CHA PULI TO‘LANMAYDI
✅ Quyidagi kasalliklari mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi (http://www.lex.uz/docs/3019665): 👈
❗️nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
❗️eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
❗️ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);
❗️tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar;
❗️psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
❗️murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
❗️sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.